Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Murojaatlarni tahlili


Namangan viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tartibda, oʻz vaqtida, har tomonlama va sifatli koʻrib chiqilishi taʼminlanmoqda.

Bu borada raqamlarga murojaat etsak, 2025-yil davomida Namangan viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʻlimlariga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 6 605 ta, shundan hisobot boshidagi 369 ta qoldiq murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 2 310 tasi (shundan hisobot boshidagi 13 ta qoldiq) adliya boshqarmasi markaziy apparatiga kelib tushgan.

Murojaatlarning 1 282 tasi hal etilib, shundan 476 tasi qanoatlantirilgan,
806 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan va 89 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, jami kelib tushgan murojaatlarning 313 tasi tegishliligi boʻyicha boshqa tashkilotlarga, 606 tasi hal etish uchun tuman (shahar) adliya boʻlimlariga yuborilgan va 20 tasi ko‘rib chiqilmoqda.    

I. Boshqarmaning markaziy apparatiga kelib tushgan murojaatlarni (yozma, ishonch telefoni, sayyor qabul va virtual) koʻrib chiqish natijalari.

Viloyat adliya boshqarmasi markaziy apparatiga 2025-yil davomida 2310 ta murojaatlar (837 ta shikoyat, shundan hisobot boshidagi 10 ta qoldiq, 1472 ta ariza, shundan hisobot boshidagi 3 ta qoldiq, 1 ta taklif) kelib tushdi.

Kelib tushgan murojaatlarning sohalar kesimida tahlili:

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qoʻllash amaliyotiga oid - 142 ta;

Inson huquqlarini himoya qilishga oid – 843 ta;

Notariat va advokaturaga oid – 327 ta;

Yuridik xizmatlar faoliyatiga oid – 45 ta;

Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid – 15 ta;

Davlat xizmatlarini koʻrsatishga oid – 784 ta;

boshqa sohalarga oid – 154 ta.

Diagramma 1. Kelib tushgan murojaatlarning sohalar kesimida tahlili.

 

Murojaatlarning 1282 tasi hal etilib, shundan 476 tasi (37 %) qanoatlantirildi, 806 tasiga (63 %) huquqiy tushuntirish berildi.

Kelib tushgan jami (2310 tadan) murojaatlarning 313 tasi (13,5%) tegishliligi boʻyicha, 606 tasi (26 %) hal etish uchun tuman (shahar) adliya boʻlimlariga yuborilgan va 89 tasi (4 %) koʻrmasdan qoldirilgan.

Xususan,

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qoʻllash amaliyotiga oid – 33 foizi (47 ta);

Inson huquqlarini himoya qilishga oid – 22 foizi (187 ta);

Notariat va advokaturaga oid – 11 foizi (37 ta);

Yuridik xizmatlar faoliyatiga oid – 16 foizi (7 ta);

Nodavlat notijotar tashkilotlar faoliyatiga oid – 40 foizi (6 ta);

Davlat xizmatlarini koʻrsatishga oid – 14 foizi (109 ta);

boshqa sohalarga oid – 54 foizi (83 ta) murojaatlardagi vajlar oʻz tasdigʻini topganligi sababli qanoatlantirildi.

 

Diagramma 2. Qanoatlantirilgan murojaatlarning sohalar kesimida tahlili.

 

Qanoatlantirilgan murojaatlar asosida turli idoralarga 124 ta taqdimnoma,
51 ta ma’muriy taklif, 7 ta (2 243 343 337 ming soʻmlik) da’vo arizalari kiritilgan.

Qoʻllanilgan ta’sir choralari natijasida 7 186 215 025 ming soʻm pul mablagʻlari undirildi. Shuningdek, 23 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, 77 ta hujjat bekor qilindi.

Kelib tushgan murojaatlarni 26 tasini koʻrib chiqishda mutaxassislar jalb qilindi, shuningdek 31 tasi joyiga chiqib oʻrganildi.

II. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va xalq qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha:

Boshqarmaga hisobot davri mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va xalq qabulxonasi orqali jami 790 ta murojaatlar kelib tushdi.

Kelib tushgan murojaatlarning 675 tasi (86 %) hal etilgan, 22 tasi (3 %) ko‘rmasdan qoldirilgan, 58 tasi (7 %) esa tegishliligiga ko‘ra yuborilgan, 35 tasi
(4 %) ish yurituvida.

Hal etilgan murojaatlarning 138 tasi (20 %) qanoatlantirilgan, 537 tasi (80%) boʻyicha huquqiy tushuntirish berilgan.

 

Diagramma 3. Virtual va xalq qabulxonalari orqali kelib tushgan murojaatlarning hal etilganlik natijalari tahlili.

1. Inson huquqlarini himoya qilish sohasida.

 

Inson huquqlarini himoya qilish sohasiga oid jami 843 ta (332 ta shikoyat, shundan hisobot boshidagi 5 ta qoldiq, 510 ta ariza, 1 taklif) murojaat kelib tushgan.

Murojaatlarning 475 tasi (56%) hal etilib, shundan 187 tasi (39%) qanoatlantirildi, 288 tasiga (61%) huquqiy tushuntirish berilgan. Shuningdek, murojaatlarning 226 tasi (27%) tegishliligi boʻyicha, 137 tasi (16%) hal etish uchun tuman (shahar) adliya boʻlimlariga yuborilgan va 5 tasi (0,6%) koʻrmasdan qoldirilgan.

Shikoyatlarni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar boʻyicha 43 ta taqdimnoma, 16 ta ma’muriy taklif, sudlarga
5 ta (53 381 644 soʻmlik) da’vo arizalari kiritilgan.

Mazkur ta’sir choralarining natijalari yuzasidan 5 016 253 332 ming soʻm pul mablagʻlari qaytarildi. Shuningdek, 16 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, 17 ta hujjat bekor qilingan yoxud qonunchilikka muvofiqlashtirilgan.

Mazkur sohadagi tahlil, shikoyatlarning quyidagi sohalar boʻyicha kelib tushganligini koʻrsatadi:

- mehnat nizolari yuzasidan 131 ta;

- taʼlimga doir qonun hujjatlari yuzasidan 13 ta;

- ijtimoiy himoyaga doir qonun hujjatlari yuzasidan 7 ta;

- uy-joyga doir qonunlar yuzasidan 9 ta;

- kommunal toʻlovlar yuzasidan 6 ta;

- soliq sohasiga oid qonun hujjatlari yuzasidan 5 ta;

- yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan 4 ta;

- banklar faoliyatiga doir qonun hujjatlari yuzasidan 1 ta;

- sud qarorlari yuzasidan 25 ta;

- prokuratura organlari faoliyatiga doir 13 ta;

- ichki ishlar organlari faoliyatiga oid 10 ta;

- boshqa masalalar yuzasidan 100 ta.

Diagramma 4. Inson huquqlarini himoya qilish sohasida eng koʻp kelib tushgan murojaatlarning sohalar kesimida tahlili.

2. Notariat va advokatura sohasida.

 

Notariat va advokatura sohasida jami 327 ta (139 ta shikoyat, 188 ta ariza) murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 252 tasi (77%) hal etilgan boʻlib, shundan 37 tasi (15%,) qanoatlantirildi, 215 tasiga (85%) huquqiy tushuntirish berilgan, 54 tasi (16,5%) tegishliligi boʻyicha koʻrib chiqish uchun boshqa tashkilotlarga yuborilgan va 13 tasi (4%) koʻrmasdan qoldirilgan.

Shikoyatlarning xususiyati boʻyicha:

- advokaturaga oid 44 ta;

- notariatga oid 95 ta.

Diagramma 5. Notariat va advokaturaga oid kelib tushgan shikoyatlarning sohalar kesimida tahlili.

III. Tuman (shahar) adliya boʻlimlariga kelib tushgan murojaatlarni (yozma, ishonch telefoni, sayyor qabul va virtual) koʻrib chiqish natijalari.

Tuman (shahar) adliya boʻlimlariga jismoniy va yuridik shaxslardan
4 295 ta (2220 ta shikoyat, shundan hisobot boshidagi 70 ta qoldiq, 2075 ta ariza, shundan hisobot boshidagi 286 ta qoldiq,) murojaatlar kelib tushgan.

Murojaatlarning 4 197 tasi hal etilgan, shundan 2 927 ta murojaat qanoatlantirilgan, 1270 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 9 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, 74 tasi tegishliligi boʻyicha yuborilgan va 15 tasi ish yurituvida qolgan.

Shikoyatlar boʻyicha:

2025-yil davomida jami 2220 ta, shundan hisobot boshidagi 70 ta qoldiq, shikoyat kelib tushgan. Ushbu shikoyatlardan 2152 tasi (97%) hal etilgan, 50 tasi (2.1%) taalluqliligi boʻyicha belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun boshqa idoralarga yuborilgan, 8 tasi (0.4%) koʻrmasdan qoldirilgan va 10 ta (0.5%) shikoyat ish yurituvida qolgan.

Hal etilgan shikoyatlarning 1 561 tasi (73 %) qanoatlantirilgan, 591 tasiga
(27 %) huquqiy tushuntirish berilgan.

 

Diagramma 6. Tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan koʻrib chiqilgan shikoyatlar tahlili.

Shikoyatlarni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar boʻyicha 345 ta taqdimnoma, 44 ta ma’muriy taklif, sudlarga
279 ta (45 116 294 656 soʻmlik) da’vo arizalari kiritilgan.

Mazkur ta’sir choralarining natijalari yuzasidan 8 630 120 soʻm pul mablagʻlari qaytarildi. Shuningdek, 39 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka hamda 6 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, 289 ta hujjat bekor qilindi.

Kelib tushgan shikoyatlarning xususiyati boʻyicha:

- mehnat nizolari yuzasidan 765 ta (507 tasi oylik ish haqi olish masalasida);

- ta’limga doir qonun hujjatlari yuzasidan 54 ta;

- ijtimoiy himoyaga oid qonun hujjatlari yuzasidan 92 ta;

- uy-joy masalasida 97 ta;

- kommunal toʻlovlar yuzasidan 45 ta;

- soliq sohasiga oid qonun hujjatlari yuzasidan 54 ta;

- yerga doir masalalar boʻyicha 31 ta;

- banklar faoliyatiga doir 1 ta;

- advokatura faoliyatiga doir 4 ta;

- davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida 60 ta;

- yuridik xizmatga doir qonun hujjatlari yuzasidan 6 ta;

- sud organlari faoliyatiga oid 12 ta;

- ichki ishlar organlari faoliyatiga oid 1 ta;

- boshqa masalalar boʻyicha 928 tani tashkil etmoqda.

Arizalarning koʻrib chiqilishi boʻyicha:

2025-yil davomida jami 2 075 ta, shundan hisobot boshidagi 286 ta qoldiq ariza kelib tushgan. Mazkur arizalarning 2045 tasi (98,5 %) hal etilgan, 24 tasi (1,2 %) taalluqligi boʻyicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 1 tasi koʻrmasdan qoldirilgan va 5 tasi (0,3%) ish yurituvida qolgan.

Hal etilgan arizalarning 1 366 tasi (67 %) qanoatlantirilgan, 679 tasiga
(33 %) huquqiy tushuntirish berilgan.

Arizalarning xususiyati boʻyicha:

qonun hujjatlariga tushuntirish berish yuzasidan 476 ta;

Advokaturaga oid 8 ta;

boshqa masalalarda 1305 ta arizalar kelib tushgan.

 

IV. Boʻlimlar tomonidan murojaatlarni qanoatlantirish darajasi boʻyicha:

Qanoatlantirilgan shikoyatlar foizi yuqoriligi boʻyicha:

 

- Namangan tumani (hal etilgan 46 ta, qanoatlantirilgan 40 ta (86,9 %);

- To‘raqo‘rg‘on tumani (hal etilgan 168 ta, qanoatlantirilgan 139 ta (82,7 %);

- Norin tumani (hal etilgan 337 ta, qanoatlantirilgan 274 ta (81,3 %);

-Yangiqo‘rg‘on tumani (hal etilgan 141 ta, qanoatlantirilgan
112 ta (79,4 %);)

- Pop tumani (hal etilgan 143 ta, qanoatlantirilgan 113 ta (79 %).

 

Diagramma 7. Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi yuqori boʻlgan adliya boʻlimlari (foizda) tahlili.

Qanoatlantirilgan shikoyatlar foizi nisbatan pastligi boʻyicha:

- Chortoq tumani (hal etilgan 167 ta, qanoatlantirilgan 107 ta (64 %)

- Uychi tumani (hal etilgan 148 ta, qanoatlantirilgan 92 ta (62,1%);

- Namangan shahar hal etilgan 208 ta, qanoatlantirilgan 113 ta (54,3 %).

 

Diagramma 8. Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi past boʻlgan adliya boʻlimlari (foizda) tahlili.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda murojaatlarni koʻrib chiqishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan quyidagi takliflar bildiriladi:

1. Murojaatlarni koʻrib chiqishda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya qilib borish;

2. Kelib tushgan murojaatlarning toʻliq va sifatli hal etilishini ta’minlash maqsadida ularni joyiga chiqib oʻrganish amaliyotini kuchaytirish;

3. Boshqarmaning tarkibiy boʻlinmalari va sohalar boʻyicha mas’ullar har chorakda shikoyatlar koʻpaygan sohalarni oʻrganib, sabablarini tahlil qilib, muammolarni bartaraf etish yuzasidan rahbariyatga va yuqori turuvchi idoralarga tegishli takliflar kiritish;

4. Murojaatlar koʻp tushayotgan hududlarda sayyor qabullarni oʻtkazish jarayonida masalani joyida hal qilish choralarini koʻrish, bunda tegishli mutasaddi tashkilotlar hamkorligida ish tashkil etish;

5. Har chorak yakunlari boʻyicha shikoyatlar koʻpayish sabablarini umumlashtirish va yigʻilishlarda muhokama qilish, qolaversa Sektorlar yigʻilishlarida muhokama qilish choralarini koʻrish;

6. Tegishliligi boʻyicha yuborilayotgan murojaatlarni tahlil qilgan holda ularning oshib borish tendensiyalariga eʻtibor qaratib, muammoning yechimini topish va kelgusida bu kabi murojaatlarning kamayishiga erishish choralarini koʻrish;

7. Boshqarma va uning tarkibiy boʻlinmalari, tuman (shahar) adliya boʻlimlari xodimlari tomonidan qonun hujjatlarini targʻib qilish jarayonida shikoyatlar koʻpaygan sohadagi qonun hujjatlari normalarini targʻib qilishga alohida e’tibor berish, bunda ommaviy axborot vositalari orqali muammoli masalalar boʻyicha chiqishlar va maqolalarni chop etish choralarini koʻrish.

8. Virtual qabulxona orqali yuborilayotgan murojaatlarni toʻgʻridan-toʻgʻri vakolatli organga yuborishga alohida e'tibor qaratish hamda murojaatni koʻrib chiqish uchun 15 kundan kam boʻlmagan muddat belgilash.

 

 

Rejalashtirish va nazorat-tahlil shoʻbasi