Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Xorijiy investitsiya ishtirokidagi yangi korxona ro‘yxatdan o‘tkazildi


Namangan shahar Davlat xizmatlari markazining “Navbatsiz xizmat maskani”da ikki nafar xorijiy fuqaro — Hindiston Respublikasi fuqarosi KARUPPAIAH SINGARAVEL hamda Sudan Respublikasi fuqarosi Mostafa Hamed Elneil Asim Mohamed ta’sischiligida faoliyat yurituvchi “Modern Gold Jewelry Manufacturing” mas’uliyati cheklangan jamiyati davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

 Ushbu xorijiy korxona qimmatbaho metallardan zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish yo‘nalishida faoliyat olib boradi.

 Korxonaning ustav kapitali 5 milliard so‘mni tashkil etadi.

 Kompaniya ishtirokchilari markazda zamonaviy uslubda tashkil etilgan “Navbatsiz xizmat maskani”da yaratilgan qulay shart-sharoitlar hamda xodimlar tomonidan ko‘rsatilgan tezkor va sifatli xizmatlardan juda mamnun ekanliklarini bildirdi.
 





Namangan viloyati adliya boshqarmasi