Янгиликлар
2025-yilda yoshlar siyosatida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.
Uning natijalariga ko‘ra, Namangan shahridagi “Maʼrifat maskani”da tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov tabrik so‘zida barchani Yangi yil bilan qutlab, Prezidentimiz boshchiliklarida yoshlar mamlakatimiz taraqqiyoti va kelajagi uchun masʼul avlod sifatida doimo eʼtiborda ekanini taʼkidladi.
Shundan so‘ng, yil davomida yuqori natijalarga erishgan bir qator faol va iqtidorli yoshlar, mahalla yettiligi vakillari, otaliqqa olingan hamda ishsiz yoshlar bilan ishlashda faollik ko‘rsatgan kuch tuzilmalari xodimlari, xususan adliya organlaridan M.Usmonjonovga "Yoshlar bilan namunali ish tashkil etgan xodim" nominatsiyasi bo‘yicha viloyat hokimining “Tashakkurnoma”si hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi