Янгиликлар
“Guzar” mahallasida “Sayyor qabul” o’tkazildi.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi tuman, shahar adliya boʻlimlari xodimlari tomonidan ham odamlarni murojaatlarini oʻrganish va ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish yoʻlida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Viloyat adliya boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari Azamat Jo'rayev tomonidan Chust tumani “Guzar” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulda jami 25 nafar fuqaro ishtirok etdi. Ularning 4 nafarining murojaati bo‘lim ish yurituviga olinib, qolganlariga joyida huquqiy maslahatlar berildi.
Shu kuni, tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan 10 nafardan ortiq fuqaroga “Sayyor davlat xizmatlari” ham ko’rsatildi.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi