Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Xodimlarning malaka va tajribasi oshirildi


 Adliya organlarining intellektual mulk sohasida faoliyat yurituvchi xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida tizimli ravishda seminar-treninglar tashkil etib kelinmoqda.
 12–13-dekabr kunlari “Olmos” dam olish maskanida “Intellektual mulk huquqini himoya qilish va kontrafakt mahsulotlarni aniqlashda adliya organlari xodimlarining salohiyatini oshirish” mavzusida hududiy adliya boshqarmalarining mas’ul xodimlari uchun navbatdagi seminar-treninglar o‘tkazildi.

 Ushbu tadbirda sud va prokuratura organlari, ekspertlar hamda patent vakillari, shuningdek “Legal Max”, “White Hill” va “Settle” advokatlik firmalari mutaxassislari ma’ruzachi sifatida ishtirok etishdi.

 Seminar-trening davomida xodimlar kontrafakt mahsulotlarni aniqlashning zamonaviy mexanizmlari, intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklarga nisbatan huquqiy choralarni qo‘llash amaliyoti, shuningdek milliy va xalqaro ilg‘or tajribalar bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.