Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Namangan viloyati adliya boshqarmasi hamda adliya bo‘limlari xodimlari bilan korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan muloqot o‘tkazildi.


Muloqot davomida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga, fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchiga salbiy ta’siri haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Xodimlarga korrupsion holatlarning oldini olish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar, “halollik standarti”, manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish tartibi hamda xatti-harakatlar kodeksiga qat’iy rioya qilish zarurligi eslatildi.

Shuningdek, adliya organlarida amalga oshirilayotgan ochiqlik siyosati, raqamlashtirish jarayonlari va “korrupsiyaga qarshi nazorat mexanizmlari”ning ahamiyati alohida ta’kidlandi. Xodimlarni kundalik faoliyatda mas’uliyatli bo‘lish, fuqarolar murojaatlariga adolatli va xolis yondashish, har bir qarorni qonun doirasida qabul qilishga chaqirildi.

Uchrashuv yakunida korrupsiya xavf-xatarlarini kamaytirish bo‘yicha taklif va fikrlar bildirildi. Ushbu muloqot adliya tizimida halollik muhitini mustahkamlash, adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘lib xizmat qildi.











Namangan viloyati adliya boshqarmasi