Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Adliya aralashuvi bilan Namangan viloyatdagi 22 ta sport markazi va maktablarida ishlovchi tibbiyot xodimlariga 991 887 837 million so’m pul mablag’i to’lab berildi.


Namangan viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Namangan shahar sport maktabi hamshirasi N.Qurbonovaning 2025-yil yanvar-aprel oylari uchun ustama toʻlovlarini undirishda amaliy yordam berishni soʻrab yoʻllagan murojaati oʻrganib chiqildi.

Oʻrganish davomida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF226-son Farmonida vrach va hamshiralarga ustama toʻlash koʻrsatilmaganligi sababli Namangan shahar sport maktabi maʼmuriyati tomonidan vrach va hamshiralarga 2025-yil yanvar, fevral, mart va aprel oylari uchun ustama toʻlovlari toʻlanmaganligi aniqlandi.

Mazkur murojaatni oʻrganish jarayonida oʻtkazilgan monitoringda viloyatdagi mavjud 22 ta sport markazi va maktablarida ishlovchi tibbiyot xodimlariga ham ish beruvchilar tomonidan 2025-yil yanvar-aprel oylarida yuqorida koʻrsatilgan ustama toʻlab berilmaganligi maʼlum boʻldi.

Vazirlar Mahkamasining 275-son qarori bilan 211-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilguniga qadar mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizomning tibbiyot xodimlari uchun belgilangan bazaviy tarif stavkasining 300 foizidan oshmagan holda ustama toʻlanishi boʻyicha belgilangan talabi amalda boʻlgan va yuridik kuchini yoʻqotmagan, shunday boʻlsada viloyat sport boshqarmasi tizimidagi sport markazi va maktablari tomonidan ishlovchi tibbiyot xodimlariga 2025-yil yanvar, fevral, mart va aprel oylari uchun ustama toʻlovlari toʻlanmasdan, ularning mehnat huquqlarini buzilishiga yoʻl qoʻyilgan.

Namangan viloyat sport boshqarmasi tizimidagi sport markazi va maktablarida ishlovchi tibbiyot xodimlariga 2025-yil yanvar, fevral, mart va aprel oylari uchun toʻlanmagan ustama toʻlovlarini Namangan viloyati adliya boshqarmasi taqdimnomasiga ko’ra, viloyatdagi sport ta’lim muassasalari tomonidan sport markazi va maktablarida ishlovchi tibbiyot xodimlariga 991 887 837 million so’m pul mablag’i to’lab berildi.


Namangan viloyat adliya boshqarmasi