Янгиликлар
Adliya aralashuvi bilan fuqarodan 18 millionga yaqin pul mablag‘i undirilmaydigan bo‘ldi.
Yurtimizda jadal suratlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik, obodonlashtirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, qo‘yingchi xalqning farovon turmushini ta’minlashdek barcha ezgu-harakatlar zamirida faol tadbirkorlar va ishbilarmon yurtdoshlarimizning hissasi katta. Ahamiyatli jihati shundaki, bugun ular har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda. Bunda tuman, shahar adliya bo‘limlarining o‘rni va ahamiyati beqiyos.
Uchqo‘rg‘on tumani, Yorqinboychek MFY, Tong ko’chasi, 15-uyda yashovchi fuqaro M.Madaminova tuman adliya bo‘limiga yoshga doir pensiyasidan aniqlangan ortiqcha to‘lovdan norozi bo‘lib yozgan murojaati o‘rganib chiqildi.
Xususan, fuqaro Madaminova Muborakxon Abdiganiyevna 2021-yilning 23-iyun kunida budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Uchqo’rg’on tuman bo‘limiga yoshga doir pensiya tayinlashni so‘rab murojaat qilgan. Fuqaroga jami 9-yil 1-oy ish staji bilan yoshga doir pensiya tayinlangan.
Shuningdek, Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limi pensiya va nafaqalar tayinlash komissiyasi tomonidan fuqaroning pensiya ishi 2024-yilda qayta hujjatlari qonuniyligi o‘rganilganda fuqaro Madaminova Muborakxon Abdiganiyevnaning 1985-yil 21-aprel kuni tug‘ilgan farzandi Madaminov Elyorbek Bo‘stonaliyevich to‘g‘risida ma‘lumotlarni taqdim etmasligi natijasida mazkur farzandi uchun tug‘ish ta‘tili hamda bola parvarishlash ta‘tilida bo‘lgan davri xisoblanmasdan ish staji sifatida noto‘g‘ri inobatga olinishi vaji bilan 2021-yil 23-iyundan 2024-yil 30-aprelga qadar fuqaroga to‘langan 17 370 890.83 so‘mni xar oylik pensiyasidan undirish haqida Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Uchqo’rg’on tuman bo‘limi pensiya va nafaqalar tayinlash komissiyasining qarori qabul qilinganligi aniqlandi.
Murojaat adliya bo‘limi ish yurituviga olinib, tegishli tartibda zarur xujjatlar to‘plandi.
Shunga ko‘ra, Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limi pensiya va nafaqalar tayinlash qarorini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida Namangan tumanlararo ma’muriy sudiga da‘vo arizasi kiritilib, mazkur ariza Namangan tumanlararo ma’muriy sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limi pensiya va nafaqalar tayinlash komissiyasining qarori haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida sudning xal qiluv qarori qabul qilindi.
Azamat Shamsiddinov,
Uchqo‘rg‘on tumani adliya bo‘limi boshlig‘i,
M.Abduvaliyev,
Namangan tumanlararo ma‘muriy sudi sudyasi