Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Namangan xalqaro aeroportida targ’ibot tadbiri o’tkazildi.


"Men Vatanimning yuziman" aksiyasi doirasida Namangan xalqaro aeraportida targ’ibot tadbir o‘tkazildi. Unda, chet elga ishlash niyatida safarga ketayotgan fuqarolar ishtirok etdi.
Tadbir davomida xorijiy davlatlarga chiqish, u yerda qonun-qoidalarga rioya qilish, shuningdek, xorijda o‘zini tutish madaniyati va milliy shaʼnni saqlash borasida zaruriy tavsiyalar berildi. Fuqarolarga jinoyatchilik, terrorizm, odam savdosi kabi transmilliy xavf-xatarlar haqida huquqiy tushunchalar berilib, ularning oldini olish yo‘llari tushuntirildi.

Shuningdek, xorijda ishlayotgan yoki ishlash niyatida bo‘lgan fuqarolarning huquqiy bilim darajasini oshirish, ularni qonuniy va xavfsiz migratsiyaga yo‘naltirish, Vatan shaʼniga dog‘ tushirmasdan munosib faoliyat yuritish zarurligi ta’kidlandi.



Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Tarmoqlarimizda bizni kuzatib boring........