Янгиликлар
05
Notariat sohasida yana bir yangilik!
Nikoh shartnomasini notarial idoraga bormasdan rasmiylashtiring!
Endilikda nikoh shartnomasini notarial idoraga bormasdan uydan turib e.notarius.uz axborot portali orqali rasmiylashtirish mumkin.
Buning uchun:
* e.notarius.uz axborot portaliga kirib, “Notarial harakatni rasmiylashtirish” bo‘limidan nikoh shartnomasi tanlanadi hamda shaxsga oid maʼlumotlar kiritiladi;
* Taraflarga SMS xabarnoma yuboriladi va ular Face-Id orqali verifikatsiyadan o‘tadi;
* Notarius avtomatik tarzda yoki ixtiyoriy tanlanadi;
* Notarius vaqtni belgilaydi va bu haqida taraflarga SMS xabarnoma yuboradi;
* Belgilangan vaqtda notarius videokonferensaloqa orqali taraflar ishtirokida notarial harakatni tasdiqlaydi;
* Bitimning asl nusxalari taraflarga yetkaziladi.
-Vaqtingizni tejang!