Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Hokim “Hokim yordamchisi”ni bo’shatish yuzasidan qabul qilgan qarori g’ayriqonuniy deb topildi.Sud esa, fuqaroga jami 85 million so’mdan ziyod pul mablag’i undirib berdi.


 Uychi tumani adliya boʻlimiga U. Qodirov murojaat qilib, Uychi tuman hokimining tumanning “Yangichek” mahalla fuqarolar yigʻinida Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchisi mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida”gi Qarorini haqiqiy emas deb topishni hamda uning hisobidan mehnat shartnomasi bekor qilingan 2025-yil 17-iyun kunidan ishga tiklangan kuniga qadar majburiy progul vaqti uchun ish haqini undirishni soʻrab murojaat qilgan.

Fuqaroning qonuniy manfaatin ko’zlab, fuqarolik ishlari bo’yicha Uchqo’rg’on tumanlari aro sudiga tuman hokimligiga nisbatan “Ishga tiklash, majburiy progul vaqti uchun ish haqi va maʼnaviy zararni undirish haqida”gi daʼvo arizasi qisman qanoatlantirishini so’rab murojaat qilgan.

Mazkur murojaat sud tomonidan ko’rib chiqilib, Javobgar Uychi tuman hokimining “Uychi tumani “Yangichek” mahalla fuqarolar yigʻinida Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida”gi Qarori gʻayriqonuniy deb topilib, bekor qilindi. Shuningdek, fuqaroga  Uychi tuman hokimligidan 01.06.2025-yildan 17.06.2025-yilga qadar olinmagan ish haqi, foydalanilmagan taʼtil uchun qoʻshimcha kompensatsiya, mukofot puli, majburiy progul vaqti uchun ish haqi, yetkazilgan maʼnaviy zarar, fuqaroni ishga tiklash oʻrniga qoʻshimcha tovon puli, ish haqini toʻlashni kechiktirilganligi uchun kompensatsiya, jami 85.468.430 soʻm undirish ta’minlandi.