Янгиликлар
Namangan viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 2025-yilning 9 oyligi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni tahlili yuzasidan ma'lumot
Namangan viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 2025-yilning 9 oyligi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan MUROJAATLARNI TAHLILI yuzasidan
M A’L U M O T
Namangan viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tartibda, oʻz vaqtida, har tomonlama va sifatli koʻrib chiqilishi taʼminlanmoqda.
Bu borada raqamlarga murojaat etsak, 2025-yilning 9 oyligi davomida Namangan viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʻlimlariga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 4 595 ta, shundan hisobot boshidagi 369 ta qoldiq (2024-yilning 9 oyligi davomida 5 956 ta) murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 1 792 tasi (shundan hisobot boshidagi 13 ta qoldiq) (2024-yilning 9 oyligi davomida 2 156 ta) adliya boshqarmasi markaziy apparatiga kelib tushgan.
Murojaatlarning 1 017 tasi hal etilib, shundan 365 tasi qanoatlantirilgan,
652 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan va 69 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, jami kelib tushgan murojaatlarning 230 tasi tegishliligi boʻyicha boshqa tashkilotlarga, 455 tasi hal etish uchun tuman (shahar) adliya boʻlimlariga yuborilgan va 21 tasi ko‘rib chiqilmoqda.
I. Boshqarmaning markaziy apparatiga kelib tushgan murojaatlarni (yozma, ishonch telefoni, sayyor qabul va virtual) koʻrib chiqish natijalari.
Viloyat adliya boshqarmasi markaziy apparatiga 2025-yilning 9 oyligi davomida 1792 ta murojaatlar (632 ta shikoyat, shundan hisobot boshidagi 10 ta qoldiq, 1160 ta ariza, shundan hisobot boshidagi 3 ta qoldiq) kelib tushdi.
Kelib tushgan murojaatlarning sohalar kesimida tahlili:
Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qoʻllash amaliyotiga oid - 115 ta;
Inson huquqlarini himoya qilishga oid – 679 ta;
Notariat va advokaturaga oid – 255 ta;
Yuridik xizmatlar faoliyatiga oid – 33 ta;
Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid – 14 ta;
Davlat xizmatlarini koʻrsatishga oid – 584 ta;
boshqa sohalarga oid – 112 ta.
Diagramma 1. Kelib tushgan murojaatlarning sohalar kesimida tahlili.
Murojaatlarning 1017 tasi hal etilib, shundan 365 tasi (36 %) qanoatlantirildi, 652 tasiga (64 %) huquqiy tushuntirish berildi.
Kelib tushgan jami (1792 tadan) murojaatlarning 230 tasi (13%) tegishliligi boʻyicha, 455 tasi (25 %) hal etish uchun tuman (shahar) adliya boʻlimlariga yuborilgan va 69 tasi (4 %) koʻrmasdan qoldirilgan.
Xususan,
Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qoʻllash amaliyotiga oid – 37 foizi (42 ta);
Inson huquqlarini himoya qilishga oid – 24 foizi (163 ta);
Notariat va advokaturaga oid – 12 foizi (31 ta);
Yuridik xizmatlar faoliyatiga oid – 9 foizi (3 ta);
Nodavlat notijotar tashkilotlar faoliyatiga oid – 36 foizi (5 ta);
Davlat xizmatlarini koʻrsatishga oid – 13 foizi (74 ta);
boshqa sohalarga oid – 42 foizi (47 ta) murojaatlardagi vajlar oʻz tasdigʻini topganligi sababli qanoatlantirildi.
Diagramma 2. Qanoatlantirilgan murojaatlarning sohalar kesimida tahlili.
Qanoatlantirilgan murojaatlar asosida turli idoralarga 96 ta taqdimnoma,
35 ta ma’muriy taklif, 5 ta (2 156 258 704 ming soʻmlik) da’vo arizalari kiritilgan.
Qoʻllanilgan ta’sir choralari natijasida 7 217 572 514 ming soʻm pul mablagʻlari undirildi. Shuningdek, 13 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, 66 ta hujjat bekor qilindi.
Kelib tushgan murojaatlarni 25 tasini koʻrib chiqishda mutaxassislar jalb qilindi, shuningdek 30 tasi joyiga chiqib oʻrganildi.
II. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va xalq qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha:
Boshqarmaga hisobot davri mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va xalq qabulxonasi orqali jami 690 ta murojaatlar kelib tushdi.
Kelib tushgan murojaatlarning 599 tasi (87 %) hal etilgan, 17 tasi (2,5 %) ko‘rmasdan qoldirilgan, 50 tasi (7 %) esa tegishliligiga ko‘ra yuborilgan, 24 tasi (3,5 %) ish yurituvida.
Hal etilgan murojaatlarning 124 tasi (21 %) qanoatlantirilgan, 475 tasi (79%) boʻyicha huquqiy tushuntirish berilgan.
Diagramma 3. Virtual va xalq qabulxonalari orqali kelib tushgan murojaatlarning hal etilganlik natijalari tahlili.
1. Inson huquqlarini himoya qilish sohasida.
Inson huquqlarini himoya qilish sohasiga oid jami 679 ta (261 ta shikoyat, shundan hisobot boshidagi 5 ta qoldiq, 418 ta ariza) murojaat kelib tushgan.
Murojaatlarning 402 tasi (59,2%) hal etilib, shundan 163 tasi (40,5%) qanoatlantirildi, 239 tasiga (59,5%) huquqiy tushuntirish berilgan. Shuningdek, murojaatlarning 168 tasi (24,7%) tegishliligi boʻyicha, 102 tasi (15%) hal etish uchun tuman (shahar) adliya boʻlimlariga yuborilgan va 4 tasi (0,6%) koʻrmasdan qoldirilgan.
Shikoyatlarni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar boʻyicha 33 ta taqdimnoma, 14 ta ma’muriy taklif, sudlarga
4 ta (41 297 000 ming soʻmlik) da’vo arizalari kiritilgan.
Mazkur ta’sir choralarining natijalari yuzasidan 5 047 610 821 ming soʻm pul mablagʻlari qaytarildi. Shuningdek, 13 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, 15 ta hujjat bekor qilingan yoxud qonunchilikka muvofiqlashtirilgan.
Mazkur sohadagi tahlil, shikoyatlarning quyidagi sohalar boʻyicha kelib tushganligini koʻrsatadi:
- mehnat nizolari yuzasidan 91 ta;
- taʼlimga doir qonun hujjatlari yuzasidan 10 ta;
- ijtimoiy himoyaga doir qonun hujjatlari yuzasidan 5 ta;
- uy-joyga doir qonunlar yuzasidan 7 ta;
- kommunal toʻlovlar yuzasidan 5 ta;
- soliq sohasiga oid qonun hujjatlari yuzasidan 4 ta;
- yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan 2 ta;
- banklar faoliyatiga doir qonun hujjatlari yuzasidan 1 ta;
- sud qarorlari yuzasidan 23 ta;
- prokuratura organlari faoliyatiga doir 12 ta;
- ichki ishlar organlari faoliyatiga oid 10 ta;
- boshqa masalalar yuzasidan 83 ta.
Diagramma 4. Inson huquqlarini himoya qilish sohasida eng koʻp kelib tushgan murojaatlarning sohalar kesimida tahlili.
2. Notariat va advokatura sohasida.
Notariat va advokatura sohasida jami 255 ta (96 ta shikoyat, 159 ta ariza) murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 205 tasi (80%) hal etilgan boʻlib, shundan 31 tasi (15%,) qanoatlantirildi, 174 tasiga (85%) huquqiy tushuntirish berilgan, 35 tasi (13,7%) tegishliligi boʻyicha koʻrib chiqish uchun boshqa tashkilotlarga yuborilgan va 11 tasi (4,3%) koʻrmasdan qoldirilgan.
Shikoyatlarning xususiyati boʻyicha:
- advokaturaga oid 31 ta;
- notariatga oid 65 ta.
Diagramma 5. Notariat va advokaturaga oid kelib tushgan shikoyatlarning sohalar kesimida tahlili.
III. Tuman (shahar) adliya boʻlimlariga kelib tushgan murojaatlarni (yozma, ishonch telefoni, sayyor qabul va virtual) koʻrib chiqish natijalari.
Tuman (shahar) adliya boʻlimlariga jismoniy va yuridik shaxslardan
2 803 ta (1 881 ta shikoyat, shundan hisobot boshidagi 70 ta qoldiq, 922 ta ariza, shundan hisobot boshidagi 286 ta qoldiq,) murojaatlar kelib tushgan.
Murojaatlarning 2 676 tasi hal etilgan, shundan 1 910 ta murojaat qanoatlantirilgan, 766 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 7 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, 49 tasi tegishliligi boʻyicha yuborilgan va 71 tasi ish yurituvida qolgan.
Shikoyatlar boʻyicha:
2025-yilning 9 oyligi davomida jami 1881 ta, shundan hisobot boshidagi 70 ta qoldiq, shikoyat kelib tushgan. Ushbu shikoyatlardan 1 790 tasi (95%) hal etilgan, 37 tasi (2%) taalluqliligi boʻyicha belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun boshqa idoralarga yuborilgan, 7 tasi (0.5%) koʻrmasdan qoldirilgan va 47 ta (2.5%) shikoyat ish yurituvida qolgan.
Hal etilgan shikoyatlarning 1 305 tasi (73 %) qanoatlantirilgan, 485 tasiga
(27 %) huquqiy tushuntirish berilgan.
Diagramma 6. Tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan koʻrib chiqilgan shikoyatlar tahlili.
Shikoyatlarni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar boʻyicha 266 ta taqdimnoma, 37 ta ma’muriy taklif, sudlarga
222 ta (45 116 294 656 soʻmlik) da’vo arizalari kiritilgan.
Mazkur ta’sir choralarining natijalari yuzasidan 1 641 852 880 soʻm pul mablagʻlari qaytarildi. Shuningdek, 34 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka hamda 4 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, 251 ta hujjat bekor qilindi.
Kelib tushgan shikoyatlarning xususiyati boʻyicha:
- mehnat nizolari yuzasidan 652 ta (435 tasi oylik ish haqi olish masalasida);
- ta’limga doir qonun hujjatlari yuzasidan 46 ta;
- ijtimoiy himoyaga oid qonun hujjatlari yuzasidan 83 ta;
- uy-joy masalasida 83 ta;
- kommunal toʻlovlar yuzasidan 37 ta;
- soliq sohasiga oid qonun hujjatlari yuzasidan 51 ta;
- yerga doir masalalar boʻyicha 26 ta;
- banklar faoliyatiga doir 1 ta;
- advokatura faoliyatiga doir 4 ta;
- davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida 49 ta;
- yuridik xizmatga doir qonun hujjatlari yuzasidan 4 ta;
- sud organlari faoliyatiga oid 11 ta;
- ichki ishlar organlari faoliyatiga oid 1 ta;
- boshqa masalalar boʻyicha 763 tani tashkil etmoqda.
Arizalarning koʻrib chiqilishi boʻyicha:
2025-yilning 9 oyligi davomida jami 922 ta, shundan hisobot boshidagi 286 ta qoldiq ariza kelib tushgan. Mazkur arizalarning 886 tasi (96 %) hal etilgan, 12 tasi (1 %) taalluqligi boʻyicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 0 tasi koʻrmasdan qoldirilgan va 24 tasi (3%) ish yurituvida qolgan.
Hal etilgan arizalarning 605 tasi (68 %) qanoatlantirilgan, 281 tasiga
(32 %) huquqiy tushuntirish berilgan.
Arizalarning xususiyati boʻyicha:
qonun hujjatlariga tushuntirish berish yuzasidan 222 ta;
boshqa masalalarda 414 ta arizalar kelib tushgan.
IV. Boʻlimlar tomonidan murojaatlarni qanoatlantirish darajasi boʻyicha:
Qanoatlantirilgan shikoyatlar foizi yuqoriligi boʻyicha:
- Namangan tumani (hal etilgan 33 ta, qanoatlantirilgan 30 ta (90,9 %);
- To‘raqo‘rg‘on tumani (hal etilgan 145 ta, qanoatlantirilgan 119 ta (82 %);
-Yangiqo‘rg‘on tumani (hal etilgan 121 ta, qanoatlantirilgan
97 ta (80,1 %);)
- Norin tumani (hal etilgan 312 ta, qanoatlantirilgan 249 ta (79,8 %);
- Pop tumani (hal etilgan 126 ta, qanoatlantirilgan 98 ta (77,7 %).
Diagramma 7. Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi yuqori boʻlgan adliya boʻlimlari (foizda) tahlili.
Qanoatlantirilgan shikoyatlar foizi nisbatan pastligi boʻyicha:
- Kosonsoy tumani (hal etilgan 58 ta, qanoatlantirilgan 37 ta (63,8%)
- Uychi tumani (hal etilgan 121 ta, qanoatlantirilgan 76 ta (62,8%);
- Namangan shahri hal etilgan 158 ta, qanoatlantirilgan 84 ta (53,2 %).
Diagramma 8. Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi past boʻlgan adliya boʻlimlari (foizda) tahlili.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda murojaatlarni koʻrib chiqishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan quyidagi takliflar bildiriladi:
1. Murojaatlarni koʻrib chiqishda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya qilib borish;
2. Kelib tushgan murojaatlarning toʻliq va sifatli hal etilishini ta’minlash maqsadida ularni joyiga chiqib oʻrganish amaliyotini kuchaytirish;
3. Boshqarmaning tarkibiy boʻlinmalari va sohalar boʻyicha mas’ullar har chorakda shikoyatlar koʻpaygan sohalarni oʻrganib, sabablarini tahlil qilib, muammolarni bartaraf etish yuzasidan rahbariyatga va yuqori turuvchi idoralarga tegishli takliflar kiritish;
4. Murojaatlar koʻp tushayotgan hududlarda sayyor qabullarni oʻtkazish jarayonida masalani joyida hal qilish choralarini koʻrish, bunda tegishli mutasaddi tashkilotlar hamkorligida ish tashkil etish;
5. Har chorak yakunlari boʻyicha shikoyatlar koʻpayish sabablarini umumlashtirish va yigʻilishlarda muhokama qilish, qolaversa Sektorlar yigʻilishlarida muhokama qilish choralarini koʻrish;
6. Tegishliligi boʻyicha yuborilayotgan murojaatlarni tahlil qilgan holda ularning oshib borish tendensiyalariga eʻtibor qaratib, muammoning yechimini topish va kelgusida bu kabi murojaatlarning kamayishiga erishish choralarini koʻrish;
7. Boshqarma va uning tarkibiy boʻlinmalari, tuman (shahar) adliya boʻlimlari xodimlari tomonidan qonun hujjatlarini targʻib qilish jarayonida shikoyatlar koʻpaygan sohadagi qonun hujjatlari normalarini targʻib qilishga alohida e’tibor berish, bunda ommaviy axborot vositalari orqali muammoli masalalar boʻyicha chiqishlar va maqolalarni chop etish choralarini koʻrish.
8. Virtual qabulxona orqali yuborilayotgan murojaatlarni toʻgʻridan-toʻgʻri vakolatli organga yuborishga alohida e'tibor qaratish hamda murojaatni koʻrib chiqish uchun 15 kundan kam boʻlmagan muddat belgilash.
Rejalashtirish va nazorat-tahlil
shoʻbasi