Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

MUROJAATNOMA


Hurmatli adliya organi xodimlari va qadrli fuqarolar!


Barchamizga ma’lumki, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etib, davlat va jamiyat boshqaruvining turli sohalaridagi korrupsiyaviy holatlarning oldini olish hamda unga qarshi  keskin va murosasiz kurash olib borilmoqda. Bemalol aytishimiz mumkinki, mazkur yo‘nalishda mamlakatimizda salmoqli huquqiy baza – bir qator qonun va qonunosti hujjatlari yaratildi, muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar o‘tkazildi, O‘zbekiston ko‘plab xalqaro tadbirlarda ishtirok etmoqda, OAVlarda deyarli har kuni korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar yoritilmoqda.

Ayni keng qamrovli o‘zgarishlar barobarida adliya organlari tomonidan ham  jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyati darajasini oshirish uchun Adliya vazirligi, hududiy boshqarmalar va tuman (shahar) adliya bo'limlarining yuqori axloqiy me’yorlarga sodiqligini, shuningdek, Adliya tizimi xodimlari tomonidan o‘z faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymasliklari, korrupsiyaga nisbatan keskin va murosasiz munosabatni shakllantirish, bu kabi holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, shuningdek ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish maqsadida samarali tizim shakllantirilgan.

Adliya vazirining  tegishli  buyrug‘iga asosan  O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish toʻgʻrisida Nizomi,  Vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar bergan vazirlik tizimi xodimlarini rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom  tasdiqlangan.  

Shuningdek, Adliya vazirligi tizimidagi har bir xodim O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va Vazirlikning ichki hujjatlarida nazarda tutilgan korrupsiyaga qarshi talablarga rioya etmasa, qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida ogohlantirilgan.

Korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish bo‘yicha yuqorida sanab o‘tilgan ishlarning o‘zi yetarli bo‘lmaydi. Avvalambor, korrupsiyaga qarshi kurashishni sohaning har bir xodimi o‘zidan boshlashi kerak. Har birimiz o‘z faoliyatimizga, ishimizga sof, halol va vijdonan yondashishimiz lozim. Korrupsiya bu eng kichik, ko‘zga ilinmas elementdan boshlanadi. Har bir narsaga alohida e’tibor qaratishimiz kerak. Bunda, xodim yoki har bir shaxs korrupsiyani bevosita o‘zi amalga oshirmasligi mumkin, lekin u atrofidagi hamkasbi yoki biror bir tanishi korrupsiya bilan shug‘ullanayotganiga guvoh bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarni ko‘rib, bilib turib yashirish ham korrupsiyaga yo‘l ochib berish bilan teng malakalanadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish barchamizning asosiy vazifalarimizdan biriga aylanishi kerak. Zero hurmatli prezidentimiz Sh.Mirziyoyev aytganlaridek, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lish kundalik hayot tarzimizga aylanishi shart. Bu illatga qarshi kurashishga barcha davlat organlari, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, umuman, har bir fuqaro safarbar etilishi zarur.

Hurmatli soha xodimlari, qadrli fuqarolar !!!

Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni batamom yo‘qotishda barchamiz bir tanu-bir jon bo‘lib, birgalikda samarali harakat qilib, jamiyatimiz va davlatimizning rivojiga o‘zimizning salmoqli hissamizni qo‘shaylik. Jamiyatdagi salbiy illatlarga loqayd munosabatda bo‘lmasak, birgalikda kurashsak, albatta, yengishimizga ishonaman.