Янгиликлар
06
“Oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi”, “Oyning eng yaxshi texnik xodimi” tanlovi
Adliya organlarida xodimlarning faoliyati samaradorligini yanada oshirish, mehnatdagi alohida yutuqlari uchun xodimlarni munosib rag‘batlantirib borish, shuningdek oyning eng yaxshi xodimi aniqlashda shaffoflikni ta’minlash maqsadida “Oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi”, “Oyning eng yaxshi texnik xodimi” tanlovi barcha hududiy adliya organlarida oʻtkazib kelinmoqda.
Shu munosabat bilan 2025-yilning sentabr oyida “Oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi” Uchqo‘rg‘on tumani adliya bo’limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Karimjonova Gulnora Botirali qizi topildi.
“Oyning eng yaxshi texnik xodimi” sifatida esa, “Oyning eng yaxshi texnik xodimi” Uychi tumani adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi hisoblashtexnikasi operatori Sirojitdinov Abbos Obidovich munosib ko’rildi.
Namangan viloyat adliya boshqarmasi jamoasi G.Karimjonova hamda A.Sirojitdinovni mehnat va ijro intizomiga rioya etishi va har bir yuklatilgan ishga masʼuliyat bilan yondashishi kabi hislatlarini hurmat qiladi va ushbu eʼtirof bilan samimiy qutlaydi.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi