Янгиликлар
03
Fuqarolar uchun 450 ta davlat xizmati: ularni qanday qilib sodda va qulay qilish mumkin?
Bugun Adliya vazirligi xodimlari «Davlat xizmatlarini zamonaviy kommunikatsiya orqali yaqinlashtirish» amaliy treningida qatnashdilar. Ularning asosiy vazifasi — odamlarga davlat xizmatlari qanday mavjudligi va ulardan, jumladan onlayn

Uchtalik treningning markazida amaliy mashg‘ulotlar turibdi:
Murakkab yuridik tilni oddiy va jonli matnga aylantirish;
OAV va aholiga birday qiziq bo‘ladigan press-relizlar va postlar tayyorlash;
Ijtimoiy tarmoqlar uchun kontent-rejalar ishlab chiqish;
Talabalardan tortib pensionerlargacha bo‘lgan turli auditoriyalar bilan ishlash yondashuvlarini topish.
Hozirning o‘zida Davlat xizmatlari markazlari deyarli 450 turdagi xizmatlarni taklif qilmoqda, ularning tobora ko‘prog‘i onlayn formatga o‘tmoqda. Ammo xizmat samarali bo‘lishi uchun odamlar uning imkoniyatlarini bilishi va undan foydalanishni o‘rganishi kerak. Aynan shu ko‘nikmalarni PR mutaxassislari va Adliya vazirligi matbuot kotiblari egallamoqda.
Trening muhitida dinamika va ijodkorlik hukm surdi: jamoalar bahslashdi, yechimlar taklif qildi va yangi formatlarni sinab ko‘rdi. Ertaga esa ishtirokchilarni zamonaviy chaqiriqlar kutmoqda — sun’iy intellekt, dipfeyk va dezinformatsiya.
Tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMTTD tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida bo‘lib o‘td.