Янгиликлар
Kosonsoy tumani adliya boʻlimi foydalanishga topshirildi.
Namangan viloyatida adliya organlarining yana bir binosi foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda Namangan viloyati hokimi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda soʻz olganlar, mamlakatimizda qonun ustuvorligini mustahkamlash, huquqiy madaniyatni yuksaltirish yoʻlida keng koʻlamli islohotlar olib borilayotgani. Prezidentimiz rahbarligida davlat organlari oʻz vazifalarini yanada samarali va shaffof tashkil etishi uchun zarur chora-tadbirlar belgilanib, barcha shart-sharoitlar yaratilganligini taʼkidlandi.
Bunday sharoitda adliya boʻlimlari uchun zamonaviy, barcha qulayliklarga ega binolarning qurilishi aholiga xizmat koʻrsatish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli Kosonsoyda ochilayotgan ushbu yangi inshoot haqiqiy xizmat markazi, xalqimiz uchun ishonchli maskanga aylanishini aytib oʻtildi.
Kosonsoy tumanida 270 ming aholi istiqomat qiladi. Ular avval, xizmatlardan foydalanish uchun moslashtirilgan xonalarda xizmat olishi bir muncha qiyinchiliklarga duch kelgan. Masalan, adliya boʻlimi, yuridik xizmat koʻrsatish markazi, DXM, FHDYO alohida binoda joylashgan edi. Bu esa, fuqarolarning muammolariga yechim topilishida qiyinchiliklarga olib kelardi.
Davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan mazkur binoda zamonaviy shaharsozlik normalariga muvofiqlik va fuqarolar uchun qulay sharoitlarni yaratishga alohida eʼtibor berilgan.
Yaratilgan qulayliklarning yana biri bu yerda Adliya boʻlimi, DXM FHDY boʻlimi hamda yuridik xizmati koʻrsatish markazi ham joylashtirilib, tashrif buyuruvchilarning bir joyda zarur xizmatlardan foydalanishlari uchun sharoit yaratildi.
Mazkur maskanda:
• Jismoniy va yuridik shaxslar bilan ochiq va qulay muloqot qilish,
• Davlat xizmatlarini sifatli va tezkor taqdim etish,
• Aholining huquqiy savodxonligini oshirish,
• Voyaga yetmaganlar, nogironligi boʻlgan shaxslar, ehtiyojmand qatlamlar uchun alohida qulayliklar yaratilgan.
Bu shart-sharoitlar yurtdoshlarimizning davlat idoralariga boʻlgan ishonchini yanada mustahkamlaydi, adliya organlarining mehnat samaradorligini oshiradi.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi