Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Namanganda tadbirkorlarga huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.



Sayyor qabulda Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi  va boshqarma xodimlari mutaxassislari hamda tadbirkorlar ishtirok etdi.

Qabul davomida 50 dan ortiq tadbirkorlarning murojaatlari tinglanib, ulardan 120 ga yaqin tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari (milliy brendlar) davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun arizalar qabul qilib olindi. 

Qabul qilib olingan hujjatlar birlamchi tekshirilib, guvohnoma berish ehtimoli yuqori bo‘lgan intellektual mulk obyektlari Markaz mutaxassislari tomonidan talabnoma topshirish orqali ko‘maklashildi.

Shuningdek tadbirkorlarga kontrafakt mahsulotlar, ularni asl mahsulotlardan farqlash, bunday mahsulotlarning iqtisodiyotga zararlari hamda so'nggi kunlarda intellektual mulk sohasiga doir qabul qilingan normativ hujjatlar to‘g‘risida tadbirkorlarga tushuntirishlar berish orqali profilaktik tadbirlar o'tkazildi.