Янгиликлар
Adliya vaziri oʻrinbosari N.Muxammadiyev Chust tumani tadbirkorlari bilan muloqot olib bordi.
Sayyor qabul shaklida tashkillangan ushbu uchrashuvning asosiy maqsadi — tadbirkorlarni qiynayotgan huquqiy masalalarni oʻrganish, ularning faoliyatida duch kelayotgan toʻsiq va muammolarni bartaraf etishda amaliy yordam koʻrsatishdan iborat boʻldi.
Dastlab, Chust tumani adliya boʻlimida boʻlib oʻtgan muloqot davomida tadbirkorlar bir qator masalalarning ijobiy yechimiga doir takliflarni bildirdilar.
Muloqot davomida 15 ga yaqin tadbirkorlik subyektlari ishtirok etib, masʼullar tomonidan 16 nafar tadbirkor murojaati qabul qilindi, shundan 5 nafar murojaatchining muammolari joyida haletildi, 7 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, oʻrganish talab etilgan 3 ta murojaat koʻrib chiqish uchun ish yurituviga qabul qilindi.
Jumladan, Chust tumani Birlik MFYda yashovchi Sh. Kalonov Xorijiy shaxs PNFL olishda amaliy yordam soʻrab qilgan murojaati ijobiy hal etilib, Xorijiy shaxs PNFL olib berilib, roʻyxatdan oʻtkazish uchun ariza qabul qilindi
Kunning ikkinchi yarmida, adliya vaziri oʻrinbosari tumandagi “Namangan metallurgiya zavodi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mazkur zavodda ishlab chiqariladigan mahsulotlar Yevropa va MDH davlatlariga eksport qilinadi. Hozir kunda 570 nafar ishchi oʻz faoliyatini olib boradi.
Bu yerda ham tadbirkorlar bilan ochiq va samimiy tarzda muloqot tashkil etildi. Tadbirkorlar asosan soliq imtiyozlari, yer ajratish, kredit olishdagi toʻsiqlar, kadastr va roʻyxatdan oʻtkazish jarayonlaridagi muammolar yuzasidan oʻz taklif va mulohazalari bildirdi.
Mazkur muloqotda, 10 ga yaqin tadbirkorlik subyektlari ishtirok etib, 8 nafar tadbirkor murojaati qabul qilindi, shundan 3 nafar murojaatchining muammolari joyida hal etildi, 5 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, oʻrganish talab etilgan 2 ta murojaat koʻrib chiqish uchun ish yurituviga qabul qilindi.
Sayyor qabul yakunida, Adliya vazirligi har doim tadbirkorlarning huquqiy manfaatlarini himoya qilish, ularning faoliyati uchun qulay huquqiy muhit yaratish yoʻlida amaliy choralar koʻrishini taʻkidladi.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi