Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Tadbirkorlik subektlari-yuridik shaxslar faoliyatini ixtiyoriy tugatish tartibi qanday?


Javob: Tadbirkorlik subektlari yuridik shaxslar faoliyatini ixtiyoriy tugatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom asosida amalga oshiriladi. Tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qaror uning muassislari (qatnashchilari), vakillari yoki vakolatli organ tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan ttartibda qabul qilinadi.

Qarorda tugatilayotgan tadbirkorlik subekti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (toʻliq va qisqartirilgan nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, pochta manzili): tugatuvchi haqidagi maʼlumotlar (pasport maʼlumotlari, telefon raqami va elektron pochta manzili): tugatilayotgan tadbirkorlik subekti boʻyicha murojaatlarni qabul qilish joyi va muddati: tadbirkorlik subektini tugatish sababi va moʻljallanayotgan tugatish muddati.

Tugatish toʻgʻrisidagi qaror yagona taʼsischi boʻlsa, aynan taʼsischi tomonidan, bir necha taʼsischilardan iborat boʻlsa, barcha taʼsischilar tomonidan imzolanishi lozim. Tugatuvchi ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyingi ish kunidan kechikmay roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga (davlat xizmatlari markazi)- ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qaror taqdim etadi.

Sardorbek Ibragimov
Namangan shahar davlat xizmatlari
markazi katta mutaxassisi