Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Endilikda davlat xizmatlari markazlari orqali "Apex Insurance" AJ bilan hamkorlikda sugʻurta xizmatlari joriy etildi.


Markazga tashrif buyuruvchilar uchun koʻrsatiladigan sugʻurta xizmatlari “YAGONA AVTOMATLASHTIRILGAN AXBOROT TIZIMI“ ga integratsiyalshgan holda olib boriladi. Fuqarolar tanlagan sugʻurta turlariga koʻra “Elektron Sugʻurta Polisi” shakllantiriladi.

 

Markazlar quyidagi turlardagi sugʻurta xizmatlarini koʻrsatadilar:
1.Shaxsiy hujjatlarni yoʻqotib qoʻyilishi oqibatida kutilmagan xarajatlarining yuzaga kyelishi tavakkalchiligidan sugʻurtalash.
2.Sportchilarni baxtsiz hodisalardan sugʻurta qilish.
3.Turoperatorlarning fuqarolik javobgarliklari sugʻurtasi.
4.Gaz ballonli uskunalarni sugʻurtalash.
5.Avtotransport egalarining fuqarolik javobgarligini sugʻurtalash.
6.Tashuvchilarning fuqarolik javobgarligini sugʻurtalash .
7.Baxtsiz hodisalarni sugʻurtalash.
8.Jismoniy shaxslar uchun koʻchmas mulk sugʻurtasi kabilar.
          

Hozirgi kunga qadar Chust tumani davlat xizmatlari markazida 2563 ga yaqin turli sugʻurta xizmatlari koʻrsatilgan boʻlib. Jumladan 2025-yil davomida 2519 ta sugʻurta xizmatlari koʻrsatildi. Aholiga bir markazdan turib turli tashkilotlar va korxonalarga borish bilan bogʻliq sarf xarajatlari va vaqtlari tejalishiga erishilmoqda.  

 

Chust tumani adliya boʻlimi
Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi
Abdunazarov Ilxomjon Kobiljonovich