Янгиликлар
E ‘ L O N
Namangan viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining joriy yil 20-avgustdagi 10-sonli yigʻilish qarori bilan quyidagi 3 nafar notariuslar litsenziyasi vaqtinchalik to'xtatildi:
1. Chust tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Qobilov Rustam Usmonjonovichga boshqarma tomonidan berilgan litsenziyaning amal qilishi va uning notarius maqomi joriy yilning 30-avgust sanasidan bir oy muddatga;
2. Namangan shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Abdullayev Umid Xafizjanovichga boshqarma tomonidan berilgan litsenziyaning amal qilishi va uning notarius maqomi joriy yilning 25-avgust sanasidan bir oy muddatga;
3. Namangan shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Usmanxojiyev Muzaffar Zaynidinovichga boshqarma tomonidan berilgan litsenziyaning amal qilishi va uning notarius maqomi joriy yilning 21-avgust sanasidan o‘n besh kun muddatga.