Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

E ‘ L O N


Namangan viloyat adliya boshqarmasi xuzuridagi Jamoatchilik kengashi ish rejasiga asosan 2025-yilning 20-avgust kuni soat 9.00da boshqarma majlislar zalida “Namangan shahrida aholiga jamoat transporti xizmati koʻrsatishning axvoli, avtobekatlarda nogironligi bor va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarga yaratilgan sharoitlar yuzasidan jamoatchilik eshituvi”ni oʻtkazadi.

Ushbu jamoatchilik eshituvini oʻtkazishga Namangan viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi aʼzolari hamda OʻzNNTMA Namangan viloyat hududiy boʻlinmasining Fargʻona viloyat “Mexrjon” ayollar va bolalar markazi xamkorligida Yevropa ittifoqi va Inson huquqlari boʻyicha xalqaro sheriklik (International Partnerships for Human Rights) (IPHR) tomonidan moliyalashtirilgan “Transport xizmatini tashkil etishda nogironlarga toʻsiqsiz muhit yaratish” nomli grant loyihasi ishchi guruhi tomonidan tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Jamoatchilik eshituvida viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi jamoatchilik kengashi aʼzolari, xalq deputatlari viloyat Kengashi, viloyat transport boshqarmasi, davlat tashkilotlari hamda NNTlar, jamoatchilik faollari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida Namangan shaxrida 50ta avtobekatlarda oʻtkazilgan monitoring natijalarini muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Shuningdek jamoatchilik eshituvida Namangan shahrida transport xizmatini tashkil etishda nogironlarga toʻsiqsiz muhit yaratishga yoʻnaltirilgan tavsiyalar ishlab chiqish va maʼsul davlat tashkilotlari bilan bu boradagi xarakatlarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.