Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Vazir o‘rinbosari kunning ikkinchi yarmida Namangan shaharidagi “Baynalmilal” mahallasida bo’ldi.


Adliya vaziri o’ribosari Namangan shaharidagi “Baynalmilal” mahalla fuqarolar yig‘inining “Mahalla yettiligi” bilan muloqot olib bordi. Mahalla faollari tomonidan ijtimoiy himoya, bandlik, huquqiy maslahatlar, oilaviy nizolarni bartaraf etish, yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Ayniqsa, aholining huquqiy savodxonligini oshirishda “Adliya kuni” kabi loyihalarning muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, adliya vazirligi tomonidan mahallalardagi hokim yordamchisining platformasiga qonunchilikdagi yangiliklar, Qonun, qaror, farmonlarning qisqacha ma’zmunini ifodalovchi targ‘ibot materiallari yuzasidan targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirilishi yuzasidan fikr-mulohaza olib bordi. 

Bundan tashqari, hokim yordamchisi fuqarolarning murojaatlarini “Onlayn mahalla” patformasiga kiritib borishi va aniqlangan muammolar adliya bo‘limi xodimlari tomonidan o‘rganib chiqilib, tegishliligi bo‘yicha hal etilishini o‘rgandi.

Adliya vaziri o‘rinbosari mahalla yettiligi bilan muloqotda, mahalla tizimi orqali fuqarolarning kundalik hayotiga eng yaqin bo‘lgan masalalarni hal etish, ularni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi. U, shuningdek, adliya organlari tomonidan mahallalarga huquqiy axborot va maslahatlar yetkazish, ijtimoiy ziddiyatlarni erta aniqlab, ularning oldini olish bo‘yicha doimiy hamkorlik zarurligini qayd etdi.