Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Vazir o‘rinbosari Namangan shahar adliya bo’limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi.


Adliya vaziri o‘rinbosari Namangan viloyatiga qilgan xizmat safari doirasida Namangan shahar adliya bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Namangan shahar adliya bo‘limi tomonidan aholiga huquqiy yordam ko‘rsatish, profilaktik tadbirlar o‘tkazish, xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash borasida qilinayotgan ishlar bilan tanishdi. U adliya organlari eng avvalo xalqqa xizmat qilishi lozimligini, har bir murojaat ortida inson taqdiri turganini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, adliya bo‘limi tomonidan 7 oy davomida amalga oshirilgan ishlar, uyma-uy o‘rganishlar, targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish borasidagi taqdimot bilan tanishdi.

Adliya bo’limi xodimlari uyma-uy o’rganish jarayonida fuqarolarning muammo va masalalarini sinchiklan o’rganib, tegishliligi bo’yicha hal etishga ko’malashish kerakligini ta’kidladi.


Namangan viloyati adliya boshqarmasi