Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Egalik huquqi e’tirof etilishi davom etmoqda


Joriy yilning 30-iyul kuni Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashining navbatdagi o'n uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada fuqarolarning  uy-joylariga bo'lgan huquqlari xalq deputatlari viloyat Kengashida ko‘rib chiqilib, ularning yer maydoni uchun ijara huquqi va unda qurilgan binolar va inshootlar uchun mulk huquqi e'tirof etilib, fuqarolarning o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer-uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshoatlariga bo'lgan mulk huquqlarini e'tirof etish bo‘yicha xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashining qarori qabul qilindi.

 Bugungi kengash muhokamasi natijasida tegishli qaror qabul qilinib, 133 nafar fuqaroning uy-joylariga bo'lgan huquqlari e'tirof etildi.

Mazkur sessiyada jami 133 nafar, jumladan, Chortoq tumani 9 nafar, Chust tumani 25 nafar, Mingbuloq tumani 6 nafar, Namangan tumani 17 nafar, Norin tumani 5 nafar, Pop tumani 11 nafar, To‘raqo‘rg‘on tumani 45 nafar, Uchqo‘rg‘on tumani 9 nafar, Uychi tumani 6 nafar fuqaroning yakka tartibdagi uy-joylariga va ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan mulk huquqlari e'tirof etildi.

Endilikda mazkur hujjat egalik huquqi uchun asos bo‘lib, kelgusida yashash joyiga doimiy ro‘yxatga qo‘yish, meros va boshqa notarial xatti-harakatlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.


 Namangan viloyati adliya boshqarmasi