Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Boshqarma boshlig'i tomonidan sayyor qabul o'tkazildi


Bugun Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi D.Ahmedov To'raqoʻrgʻon tumani "Ozod" mahallasi aholisini sayyor qabul tartibda qabul qildi. Qabulda fuqarolarning muammolari tinglanib, qonuniy yechim topish yuzasidan murojaatlar qabul qilindi.

Xususan, fuqarolarning e-auksion orqali yutib olingan yerni boshqa shaxsga notarius orqali o'tkazish amaliyoti, tugʻilganlik guvohnomasini takroran olish, kadastr, meros, ajrim masalalar yuzasidan 11 ta murojaat tinglandi va 5 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirish berildi qolgan 6 ta  murojaat esa muddat va oʻrganish talab qilgani bois, adliya boʻlimi ish yurituviga olindi.

Masalan, fuqaro S. Yuldashevning e-auksion orqali yutib olgan yerni oz nomiga o'tkazish toʻgʻrisidagi murojaati, fuqaro B. Madiyorovning chiqindidan noreal qarzdorlik yuzaga kelganligi yuzasidan qilgan murojaati shular jumlasidan.

Eslatib oʻtamiz, ayni vaqtda hududlarda Adliya boʻlimlari tomonidan oʻtkazilayotgan “Huquqiy mahalla”, “Adliya kuni” loyihalari doirasida aholi muammolari tizimli ravishda oʻrganib borilmoqda.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi