Янгиликлар
07
Oq yo'l senga bitiruvchi!
Kuni kecha Namangan viloyati yuridik texnikumi bitiruvchilariga diplom topshirildi. Tantanali marosimda dastlab, Namangan vioyati adliya boshqarmasi boshlig’i Dilmurod Ahmedov mustaqil
hayotga qadam qo'yayotgan yoshlar va ularning ota- onalarini qizg'in tabriklab, ularga ulkan zafarlar tiladi. Marosimda oʻqish davrida ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishda ko'pchilikka o'rnak bo'lgan va texnikum nufuzini yanada oshirishda munosib hissa qoʻshgan bir qator talabalar alohida e'tirof etilib, rahbariyat tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi