Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

"Adliya kuni" tadbiri doirasida "Mahallahovuz" mahallasida aholi bilan uchrashuv o’tkazildi.


Namangan tumanining “XONOBOD”, “NO'G'AYQO'RG'ON” va “MALLAHOVUZ” mahallalarida yashovchi fuqarolar uchun “MALLAHOVUZ” MFY binosida sayyor qabul tashkl etildi.

Unda, tuman adliya bo’limi, davlat xizmatlari markazi, "Madad" NNT, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi hamda FHDY bo’limining mas’ullari fuqarolarning muammolarini o’rgandilar. 

Qabul davomida mehnatga doir huquqiy munosabatlar, uy-joy, meros, hadya va boshqa notarial harakatlar, tug‘ilish, o‘lim, ism-familiyani o‘zgartirish, nafaqa va pensiya tayinlalanishii va hisoblanishi kabi masalalari yuzasidan murojaaatlar kelib tushdi va huquqiy ko’mak berildi.

Shu kunning o’zida tug‘ilganlik guvohnomasi va fuqarolik pasporti bo’lmaganligi sababli ayrim muammolarga duch kelayotgan 3 nafar fuqaroga shu yerning o’zida yordam berildi. 

Qolaversa, mahalla aholisiga davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan sayyor tartibda davlat xizmatlari ko’rsatildi.

"MALLAHOVUZ" mahalla aholisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 1-sonli hamda 103-sonli  qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan ma'lumotlar berildi.

Davra suhbati davomida mahalla ahli o‘zlarini qiziqtirgan hamda muammoli masalalar yuzasidan savollariga mutasaddilardan javob oldilar.



Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Tarmoqlarimizda bizni kuzatib boring: https://t.me/namanganadliya/38137