Янгиликлар
Adliya vazirining o‘rinbosari N.Muxammadiyev Namanganlik tadbirkorlar bilan muloqot olib bordi
Adliya vaziri o‘rinbosari Namangandagi mahalliy tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ularning faoliyati davomida duch kelayotgan huquqiy va amaliy muammolarini tingladi.
Tadbirkorlar asosan soliq imtiyozlari, yer ajratish, kredit olishdagi to‘siqlar, kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlaridagi muammolar, shuningdek, litsenziyalash tizimidagi byurokratik holatlardan shikoyat qilishdi. N.Muhammadiyev har bir murojaatni alohida qayd etib, tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Sayyor qabul davomida mas'ullar tomonidan 35 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari qabul qilindi, shundan 17 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, 5 nafar murojaatchining muammolari joyida hal etildi, 5 ta murojaat tegishliligi bo'yicha taalluqli tashkilotlarga yuborildi, o'rganish talab etilgan 8 ta murojaat koʻrib chiqish uchun ish yurituviga qabul qilindi.
Sayyor qabul yakunida, Adliya vazirligi har doim tadbirkorlarning huquqiy manfaatlarini himoya qilish, ularning faoliyati uchun qulay huquqiy muhit yaratish yo‘lida amaliy choralar ko‘rishini ta’kidladi. Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tdi, ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha aniq yechimlar belgilab olindi.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi
Tarmoqlarimizda bizni kuzatib boring https://t.me/namanganadliya/38145