Янгиликлар
23
Davlat xizmatlarida yagona standart sari!
Adliya vazirligi tomonidan Davlat xizmatlari markazlarida aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarning yagona standartlarini yaratish va ularga ISO xalqaro sertifikatlarini olish bo‘yicha ishlar amalga
.png)
Shu maqsadda loyihani amalga oshirish doirasida vazirlik markaziy apparatining tegishli bo‘lim xodimlari ishtirokida xalqaro ekspertlar bilan seminar-trening o‘tkazildi.
Tadbirda ishtirokchilarga xizmat ko‘rsatish standartlari mazmun-mohiyati, ularning amaliy ahamiyati batafsil tushuntirildi. Shuningdek, seminar savol-javoblar shaklida o‘tkazilib, xodimlarni qiziqtirgan masalalarga aniqlik kiritildi.
Mazkur tashabbus fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va xalqaro tajriba asosida yagona yondashuvlarni shakllantirishga xizmat qiladi.