Янгиликлар
Elektron raqamli imzo kalitini olish tartibidan xabardormisiz?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, elektron raqamli imzo (ERI) kalitini olish tartibi soddalashtirilgan.
ERI — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini ERIning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda ERI ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va ERI yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo. ERI kalitining sertifikati — ERIning ochiq kaliti ERIning yopiq kalitiga muvofiqligini tasdiqlaydigan elektron hujjat. ERI yopiq kalitining paroli — ERIning yopiq kalitidan ruxsatsiz tarzda foydalanishdan himoya qilish uchun mo‘ljallangan shartli belgilar ketma-ketligi.
ERI kalitlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ERI kalitlarining sertifikatlarini olish uchun jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar Davlat xizmatlari markazlariga bevosita yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki rasmiy axborot resursi orqali elektron tarzda murojaat qiladilar.
ERI kalitlarining sertifikatlarini berish uchun yuridik shaxslardan va yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik subyektlaridan bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi, jismoniy shaxslardan esa 7 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Shuningdek, qonun hujjatlarida ERI kalitlarining sertifikatlarini bepul olish nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
ERI kaliti sertifikatining amal qilish muddati ERI ro‘yxatga olingan vaqtdan boshlab 24 oy muddatga amal qiladi.
Nosirjon Axadjonov,
Namangan shahar adliya bo‘limi
davlat xizmatlari markazi katta mutaxassissi