Янгиликлар
Siz davlat xizmatlari markazlari orqali xorijga chiqish biometrik pasportlarini ham olishingiz mumkin!
Endilikda Davlat xizmatlari markazlari orqali siz xorijga chiqish biometrik pasportlarini ham olishingiz mumkin. Xizmatdan foydalanuvchilar xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun doimiy yoki vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tgan manzilidan qat’i nazar, eksterritoriallik tamoyili asosida istalgan ma’lumotlarni yig‘ish punktiga o‘zi kelib yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan ro‘yxatdan o‘tadi.
Davlat xizmati “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilganda, davlat boji summasining 50 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi.
Xorijga chiqish biometrik pasportlari berish muddati 10 ish kuni (16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun qo‘shimcha o‘rganishlar talab etiladigan alohida hollarda — bir oy) ichida taqdim etiladi.
Ilhomjon Abdunazarov,
Chust tumani davlat xizmatlari
markazi bosh mutaxassisi