Янгиликлар
10
Hech bir shaxs xujjatsiz qolmaydi aksiyasi: Namangan tumani misolida
Aksiyaga start berilganiga hali koʻp vaqt boʻlgani yoʻq, ammo undan manfaat topayotgan fuqarolar talaygina. Ayni vaqtda viloyatning barcha hududlarida amalda boʻlib turgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi fuqarolarning ogʻirini yengil, muammoga duch kelayotgan ishlarini yechimiga hizmat qilayotgani tabiiy albatta.
Namangan tuman FHDYo boʻlimi xodimlari tomonidan ushbu aksiya doirasida Mullakuding mahallasida yashovchi oʻrtalarida bir nafar farzandi boʻlgan hamda shaʼriy nikohdagi fuqarolarning nikohlari qonuniy qayd etildi hamda gerbli nikoh guvohnoma taqdim etildi.
Yana bir fuqarolar Mirishkor mahallasida shaʼriy nikoh asosida yashayotgan fuqarolarlarning bir necha yillardan buyon qayd etilmagan nikohlari qayd etilib, nikoh guvohnomasi taqdim etildi.
Ho'jaqishloq mahallasida yashovchi fuqaro 1960 y tugʻilgan ammo bir necha yil avval tugʻilganlik guvohnomasi yoʻqolganligi sababli, ushbu fuqaroga ham takroriy guvohnoma berildi.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi
Tarmoqlarimizda bizni kuzatib boring
https://t.me/namanganadliya/35644