Янгиликлар
10
Norinda 85 yoshli Dilbarxon ayaga tug‘ilganlik haqida guvohnoma topshirildi
Norin tumanida yashovchi 85 yoshli fuqaro Mamajonova Dilbarxon Dadamirzayevna “Mahalla-adliya” elektron platformasi orqali tuman adliya bo‘limiga murojaat yo‘llab, 1940-yil 10-fevralda
tug‘ilgan bo‘lsada, tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi yo‘qligi, hozirda sog‘ligi holatiga ko‘ra, yura olmayotganligi sababli, ushbu hujjatni olishda yordam berilishini so‘ragan. Onaxonning muammosini hal etish maqsadida, murojaat joyiga chiqqan holda o‘rganilib, fuqaroning tug‘ilganligiga doir hujjatlar to‘planishi ta’minlandi. Murojaatni o‘rganish yakuniga ko‘ra Dilbarxon ayaga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirilib, yashash manziliga yetkazib berilishi ta’minladi.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi