Янгиликлар
Qonunbuzilishi holatlariga yoʻl qoʻyilishi sabablari muhokama etildi.
Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatishda qonunbuzilishi holatlarining oldini olish, aniqlangan qonunbuzilish holatlariboʻyicha aybdor mansabdor shaxslar va xizmatchilarning harakatlariga huquqiy baho berish hamda ularga nisbatan taʼsir choralarini qoʻllash yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi.
Xususan, boʻlim tomonidan 2024-yil va 2025-yilning 1-choragi mobaynida 123 ta xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarda 12 marotaba oʻrganish, 30 dan ortiq monitoringlar hamda doimiy ravishda tahlillar oʻtkazilgan.
2024-yilda boshqarma tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida jami 27 021 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan boʻlib, mazkur qonunbuzilishi holatlarinig 12 759 tasi yaʼni 47,2 % kommunal xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar hissasiga toʻgʻri keladi.
2025-yilning 1-choragi davomida boshqarma tomonidan jami 3 086 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlanga boʻlsa, mazkur qonunbuzilishi holatlarining
979 tasi yaʼni 31,7 % kommunal xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan yoʻl qoʻyilgan.
Shunga koʻra, boshqarma tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatishda eng koʻp qonunbuzilishi holatlariga yoʻl qoʻyilayotgan kommunal xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar (elektr, gaz, suv taʼminoti tashkilotlari) viloyat hamda tuman (shahar) boʻlimlari rahbar va masʼul xodimlari ishtirokida qonunbuzilishi holatlarini kelib chiqish sabablari muhokama etilib, sohani tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan tegishli tushuntirish berildi.
Seminar davomida vakolatli organlar masʼul xodimlari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.