Янгиликлар
13
Respublika ishchi guruhining sayyor qabuli Mingbuloq tuman Madaniyat markazi binosida tashkil etildi.
Sayyor qabulda Respublika ishchi guruhining vakillari va viloyat tashkilotlari rahbarlari tomonidan Pop tumani, Namangan va Mingbuloq tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi.
.png)
Qabulda adliya vazirligi mas’ullari hamda Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi D.Ahmedov tomonidan 30 nafar fuqaroning murojaatlari tinglanib, 5 nafar fuqaroning murojaatlariga joyida tushuntirish berildi.
Oʻrganish talab etilgan 8 nafar fuqaroning murojaatlari ish yurituvga olindi.
Shu kuni 17 nafar fuqaroga davlat xizmat markazi xodimlari va notarius tomonidan xizmatlar koʻrsatildi.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi