Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilashda muhim qadam


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinig 2025 yilning 3 yanvar kuni “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-1-sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu qaror 2025 yilning ilk qarori bo‘lib, qarorda mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashning mutlaqo yangi mexanizmlarini joriy etish, huquqbuzarlikni sodir etishga sabab bo‘layotgan ijtimoiy-maishiy muammolarni hal etishni tizimli yo‘lga qo‘yish belgilangan.

Shuningdek, huquqbuzarliklar bilan bog‘liq muammolarni ijtimoiy profilaktika choralari tizimi orqali hal etish hamda aholida shaxsiy xavfsizlik hissini shakllantirish borasida samarali chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan. Shu o‘rinda savol tug‘iladi.

 

Huquqbuzarlik o‘zi nima?

Bu haqda eng avvalo O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni bizga batafsil ma’lumot berishi mumkin. Sodir etilganligi uchun ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan aybli g‘ayrihuquqiy qilmish harakat yoki harakatsizlik huquqbuzarlik hisoblanadi. Unda albatta jismoniy, ma’naviy yoki mulkiy zarar yetkazilganligi oqibatida huquqbuzarlikdan jabrlangan shaxs bo‘ladi.

 

Huquqbuzarliklar profilaktikasi nima?

Huquq-tartibotni saqlash hamda mustahkamlash, huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga barham berish, shuningdek huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish maqsadida qo‘llaniladigan huquqbuzarliklar umumiy, maxsus, yakka tartibdagi va viktimologik profilaktikasining huquqiy, ijtimoiy, tashkiliy va boshqa chora-tadbirlari tizimidir.

Yuqoridagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-1-sonli Qarori bilan endilikda mahallalarida huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi faoliyatini
2025 yilda sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish belgilandi.

Ya’ni 2024 yilda jinoyat sodir etilgan har bir mahallada kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish hamda jinoyatlarni barvaqt profilaktika qilishning mahallalar kesimida choraklik manzilli chora-tadbirlarini belgilagan holda mahalla — tuman — viloyat darajasida uning ijrosi uchun bevosita mas’ul rahbarlarni biriktirish va aniq sohaviy javobgarlikni yuklash belgilandi.

Shuningdek, kriminogen vaziyat og‘ir mahallalarda ilmiy-amaliy yondashuvlar asosida joylarga chiqqan holda maqsadli o‘rganishlarni o‘tkazish orqali huquqbuzarliklarga sabab bo‘layotgan asl omillarni aniqlash va barham berish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy choralarni ko‘rish hamda mahallalarda yoshlar, ayollar va ishsizlar tomonidan, shuningdek, oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olishda «mahalla yettiligi» har bir vakilining aniq mas’uliyati belgilab berildi.

Ya’ni, huquqbuzarliklar profilaktikasiga yangicha ish uslublarini tatbiq qilish, mahallalarda yoshlar, ayollar va ishsizlar tomonidan, shuningdek, oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olishda, ushbu toifadagi huquqbuzarliklar profilaktikasiga yangicha ish uslublarini tatbiq qilish, mahallalar jamoat joylari va yashash xonadonlarida xavfsiz muhit yaratish, fuqarolar hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga har qanday tajovuzlarning oldini olish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasiga zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalarni keng joriy etish, mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bo‘yicha har bir mas’ul idora va muassasa tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijalari yuzasidan qat’iy so‘rov tizimini yo‘lga qo‘yish hamda ushbu masalaga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan rahbarlarga ta’sir choralarini ko‘rib borish belgilandi.

 

Adliya organlarining bu boradagi vakolati nimalardan iborat?

 

Huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi, huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi, aholi o‘rtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targ‘ibot bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradi hamda muvofiqlashtirib boradi, huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etadi.

Yuqoridagi qarorda kelib chiqib, ayni vaqtda tuman shahar hududida faoliyat olib borayotgan adliya bo‘limlari hududdagi IIB bo‘limlari bilan hamkorlikda 2025 yilda huquqbuzarliklarni oldini olish va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida aniq manzilli Dastur tasdiqlaganlar. Ana shu dastur doirasida idoralar o‘rtasida ma’lumotlar almashish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Hududdagi holat yuzasidan IIB bo‘limlari Adiya bo‘limlariga aniq ma’lumotlar taqdim etib borishlari natijasida hududdagi vaziyat tahlil qilinib, krimenogen vaziyat og‘ir hisoblangan mahallalar uyma-uy yurgan holda o‘rganib borilmoqda.

Ayni vaqtga qadar “Huquqiy axborot kuni” doirasida 14 ta mahallada
5000 dan ziyod xonadonlarda qaror mazmuni tushuntirilib, mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan, JIEMdan qaytgan yoki avval huquqbuzarlik sodir etganligi uchun ro‘yxatda turgan fuqarolar hamda ijtimoiy muhiti nosog‘lom bo‘lgan oilalar bilan jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bo‘yicha manzilli ishlar tashkil etildi.

Shuningdek, “Firibgarlikka qarshimiz”, “Firibgarlardan ogoh bo‘ling”, “Pora berish va olish jinoyat” kabi turli mavzudagi videoroliklar Adliya boshqarmasi muallifligi tayyorlandi va rasmiy ijtimoiy tarmoqlarda yoritildi. Shuningdek, Adliya vazirligi ko‘magida tayyorlangan maxsus tarqatma materiallar sodda va oson tilda bayon etilib, fuqarolar e’tiboriga yetkazib borilishi belgilandi.

Bu boradagi ishlarni davlat xizmatchilari, eng avvalo mahalla yettiligiga kiruvdi idoralar mas’uliyat bilan yondashgan holda olib borishlari respublikamiz mahallalarining tinch va osoyishta, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyati yuksak bo‘lishida muhim o‘rin tutadi.

 

Naima Yadigarova
Namangan viloyat adliya boshqarmasi sho‘ba boshlig‘i