Янгиликлар
Namangan viloyati adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi tomonidan Mingbuloq hamda To'raqo'rg'on tumani adliya bo‘limi rahbar xodimlari ishtirokida profilaktik suhbat o‘tkazildi.
Dastlab, Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish, xodimlarining mehnat intizomi va odob-axloq qoidalariga rioya etishini ta’minlash, xodimlar o‘rtasida turli xil huquqbuzarliklarni oldini olish tushuntirildi.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oldini olish, ularni aniqlash va chek qo‘yish, huquqbuzarliklarning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish hamda sohaga oid “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish” siyosati, “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlani baholash” uslubiyoti, “O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining odob-axloq qoidalari” mazmun-mohiyatini tushuntirib o‘tildi.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi