Янгиликлар
Davlatobod tuman adliya bo'limi tomonidan “Huquqiy mahalla” konsepsiyasi doirasida Davlatobod tumani hokimligi bilan hamkorlikda tumandagi 28 ta mahalla raislari va hokim yordamchilarini huquqiy jihatdan o'qitish va metodik ta'minlash madsadida o'quv-semi
Tuman hokimligi majlislar zalida tashkil etilgan seminarda mahalla yettiligi vakillariga ularning faoliyatiga oid asosiy qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati qisqa va tushunarli tarzda yetkazilib, flayer va bukletlar tarqatildi.
Bundan tashqari, mahallalardagi komissiyalar Nizomlari yangidan ishlab chiqilib, soha vakillariga elektron va qog'oz shakllida yetkazib berilmoqda.
Shu bilan birga, yangi qabul qilingan qonun hujjatlari mazmun-mohiyati, energiya tejovchi texnalogiylarni o'rnatish samarasi, fuqarolarga berilayotgan qonunchilikdagi yengillliklar, "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" va "Temir daftar"ning ahamiyati atroflicha muhokama qilindi.
Tashkil qilingan tadbir davomida mahalla yettiligiga "Huquqiy mahalla" konsepsiyasi davomida har oyda bittadan mahallaga chiqilgan holda, sayyor davlat xizmatlari, FHDY va notarius xizmatlari ko'rsatilishi va boshqa tadbirlar to'g'risida ham tushunchalar berildi.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi