Янгиликлар
Qonunchilik xujjatlari ijrosi ta’minlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 29-iyundagi PQ-5168-son qarori talablariga asosan Namangan shahar adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan hududdagi budjetdan moliyalashtiriladigan Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmatlar ko‘rsatilib, ularga tegishli yuridik tusdagi xujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlashda hamda talabnoma va da’vo ishlarini yuritilishida yaqindan amaliy yordamlar berib kelinmoqda.
Shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 30-dekabrdagi PF-46-sonli qarori talablariga asosan 2022-2024 yillarda «yashil bog‘lar»ni barpo etish dasturi doirasida bir qator vazifalar belgilangan.
Ushbu yo‘nalishda Namangan shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirib kelingan. Xususan, farmon talablariga asosan ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish maqsadida, Obodonlashtirish boshqarmasiga “daraxt ko‘chiradigan va o‘tkazadigan maxsus transport vositasi” sotib olish hamda amalda foydalanish vazifasi belgilangan. Mazkur tadbirni amalga oshirish uchun tegishli mablag‘lar ajratilgan.
Xususan, Namangan shahar Obodonlashtirish boshqarmasi hamda Toshkent shahar Chilonzor tumanida ro‘yxatdan o‘tgan "EUROLUX" ma’suliyati cheklangan jamiyati o‘rtasida 2023-yil 14-avgustda “mahsulot yetkazib berish to‘g‘risida”gi 145760-sonli shartnoma tuzilgan bo‘lib, jamiyati tomonidan Namangan shahar Obodonlashtirish boshqarmasiga 1 (bir) dona umumiy summasi 1 656 000 000,00 so‘mlik “daraxt ko‘chiradigan va o‘tkazadigan maxsus transport vositasi” yetkazib berish bo‘yicha elektron savdo orqali yuqorida qayd etilgan shartnoma tasdiqlangan.
2023-yil 14-avgustda tuzilgan “mahsulot yetkazib berish to‘g‘risida”gi 145760-sonli shartnomaning 2-bo‘limining 2.2-bandiga asosan “Yetkazib beruvchi” tomonidan Hisob-kitob kliring palatasi operatorini yetkazilgan kundan boshlab 90 ish kuni mobaynida shartnomadagi tovarni to‘liq yetkazib berishi lozimligi belgilab qo‘yilgan.
Bundan tashqari, hisob-kitob kliring palatasi operatorini xabarnomasi, ya’ni, shartnomada kelishilgan mablag‘lar o‘tkazib berilgani "EUROLUX" ma’suliyati cheklangan jamiyatiga yetkazilgan.
Shularga qaramasdan "EUROLUX" ma’suliyati cheklangan jamiyati tomonidan bir yildan ko‘p davr oralig‘ida “daraxt ko‘chiradigan va o‘tkazadigan maxsus transport vositasi”ni Namangan shahar Obodonlashtirish boshqarmasiga yetkazib berilmagan. Bu borada, yuridik markazning ko‘magi bilan bir necha marotaba "EUROLUX" ma’suliyati cheklangan jamiyatini og‘zaki va rasman ogohlantirilishiga qaramay, shartnoma shartlari bajarilmadi hamda Namangan shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan elektron tarzda o‘tkazib berilgan 1 656 000 000 so‘m miqdoridagi mablag‘lar ham (kelishilgan holda) qaytarilmadi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda tuzilgan shartnomani bekor qilish maqsadida va shartnomaning umumiy summasi 1 656 000 000,00 so‘m miqdoridagi mablag‘larni belgilangan tartibda qaytarilishini hamda kechiktirilgan kunlar uchun O‘zbekiston Respublikasining Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risidagi qonunining 25-moddasi talabi doirasida 828 000 000,00 so‘m miqdorida penya hisoblangani holda uni to‘lab berilishini so‘rab Namangan tumanlararo Iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritildi.
Namangan tumanlararo Iqtisodiy sudiga kiritilgan da’vo arizasini muhokamasi jarayonida "EUROLUX" ma’suliyati cheklangan jamiyati raxbariyati turli bahonalar bilan bir necha marotaba qo‘shimcha muddatlar so‘rab, sudning hal qiluv qarorini kechiktirishga harakat qildilar. Lekin, oxirgi natijada “daraxt ko‘chiradigan va o‘tkazadigan maxsus transport vositasi”ni Namangan shahar Obodonlashtirish boshqarmasiga yetkazib berilishini ta’minlandi. Bu bilan qonunchilik xujjatlari talablarini ijro etilishi ta’minlandi.
Iqibol Xakimov,
Namangan shahar adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i