Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Adliya aralashuvi bilan tadbikorning 184 millionga yaqin pul mablag’i to’lab beriladigan bo’ldi.


Pop tuman adliya boʻlimiga tumanda faoliyat koʻrsatayotgan “FAITH PRIDE” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari murojaat qilib, tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan yetkazib berilgan mahsulot uchun toʻlovlar oʻz vaqtida toʻlanmayotganligi sababli ushbu mablagʻlarni undirib berishda amaliy yordam berishlikni soʻragan.

Ushbu murojaatni oʻrganib chiqilganda quyidagilar aniqlandi.

Jumladan, “FAITH PRIDE” masʼuliyati cheklangan jamiyati va Pop tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi oʻrtasida 2023 yilda oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish shartnomalari tuzilgan.

Shartnomalar shartlariga koʻra jamiyat oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish, javobgar esa yetkazib berilgan mahsulot qiymatini toʻlab berish majburiyatini olgan.

Jamiyat tomonidan shartnomalar shartiga koʻra 2023 yilda jami 1 099 929 240 soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgan.

Javobgar tomonidan oʻz navbatida yetkazib berilgan oziq ovqat mahsulotlari uchun jami 916 297 250 soʻmlik toʻlovlar amalga oshirilib, qolgan 183 631 990 soʻmlik mahsulot qiymati toʻlab berilmagan.

Vaholanki, oʻzaro tuzilgan shartnomaning 2.3–bandida sotib oluvchi tovar qabul qilib olingach, taqdim etilgan hujjatlarga asosan 30 (oʻttiz) kundan ortiq boʻlmagan muddatda uzil-kesil hisob-kitobni amalga oshirishi belgilangan.

Javobgar tomonidan tasdiqlangan jadvalga koʻra javobgar daʼvogardan 183 631 990 soʻmlik qarzi borligi tasdiqlangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksning 324-moddasida Qarzdor majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tufayli kreditorga yetkazilgan zararni toʻlashi shartligi belgilangan.

Ushbu holat yuzasidan tuman adliya boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subʼyekti manfaati yuzasidan Chust tumanlararo Iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi kiritildi.

Sud tomonidan mazkur nizo 2024 yil dekabr oyida koʻrib chiqilib, daʼvo qanoatlantirilib, Pop tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimidan “FAITH PRIDE” masʼuliyati cheklangan jamiyati foydasiga 183 631 990 (bir yuz sakson uch million olti yuz oʻttiz bir million toʻqqiz yuz toʻqson) soʻmlik qarzdorlikni undirish yuzasidan al qiluv qarori qabul qilindi.

Bahromjon Alimov,
Pop tumani adliya bo'limi boshlig'i