Янгиликлар
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari navbatdagi sayyor qabuli Uychida o‘tkazildi.
Uychi tumani "Dehqon" mahallasidagi "Madaniyat saroyi"da o‘tkazilgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud organlari viloyat rahbarlari ishtirokidagi qabulda Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi tomonidan fuqarolarning tug’ilganlik guvohnomasini takroran olish, kadastr, meros, aliment kabi masalalar yuzasidan 14 dan murojaat tinglandi.
Sayyor qabul davomida kelib tushgan 8 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirish berilgan bo‘lsa, 6 murojaat muddat va o’rganish talab qilgani bois, adliya bo’limi ish yurituviga olindi.
Shu kuni tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan qabulga kelgan fuqarolarning 12 nafariga sayyor xizmat ko’rsatildi.
https://t.me/namanganadliya/32581
Namangan viloyati adliya boshqarmasi