Янгиликлар
"Zarbdor"da keng qamrovli sayyor qabul o'tkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan Namangan viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan “Huquqiy axborot kuni”, “Adliya kuni”, “Huquqiy mahalla” loyihalari doirasida aholi muammolari uyma-uy yurgan holda oʻrganilmoqda.
Ayni vaqtda “Huquqiy mahalla” loyihasi konsepsiyasi doirasida Toʻraqoʻrgʻon tumanining “Zarbdor” mahallasida ilk bor kopmpleks ravishda ishlar boshlandi. Elektron platforma soʻrovnomasi asosida aholining huquqiy bilim va muammolari manzilli tartibda oʻrganildi va natijada mavjud muammolarni mutaxassislar ishtirokida ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy yoʻnalishlarda hal etish maqsadida Sayyor qabul oʻtkazildi. Qabulda pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimi, kadastrlar palatasi tuman filiali, tibbiyot birlashmasi, kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi, “Inson” ijtimoiy agentligi, tuman gaz, elektr tarmoqlari filiali, suv taʼminoti boʻlimi va qator tashkilotlar ishtirok etdi.
Maʼlumot uchun: “Zarbdor mahallasi”da 1033 nafar xonadonda 4463 nafar aholi istiqomat qilib, qabulga shundan 300 nafari tashrif buyurdi.
Jami 40 nafar fuqarolar murojaat qildi, shundan 22 tasi ish yurituviga olindi, 18 tasiga joyida tushuntirish berildi. Ish yurituviga olingan murojaatlardan 4 tasi xal etildi, shundan 2 tasi kadastr xujjatlari bilan bogʻliq, 2 tasi taʻlim krediti bilan bogliq.
https://t.me/namanganadliya/32569
Namangan viloyati adliya boshqarmasi