Янгиликлар
Talaba-qizlar bilan uchrashuv: jamiyatdagi faollik va muvaffaqiyat sari yo‘l
Ma’lumki, mamlakatimizda xotin-qizlarning mavqeini yanada yuksaltirish, davlat va jamiyat qurilishi va boshqaruvidagi rolini kuchaytirish, ularning siyosiy huquqlarini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani tufayli xotin-qizlarning jamiyatda tutgan o‘rni yuksalib bormoqda.
Kuni kecha Namangan davlat universitetida “Muvaffaqiyatli islohotlar va yuqori natijalarga erishishda xotin-qizlarning o‘rni” mavzusida tashkil etilgan davra suhbati ham yuqoridagi fikrlarimizning mantiqiy davomi hisoblanadi.
Tadbirda adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi Zulfiya Axmedxodjaeva, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Namangan viloyati filiali bosh inspektori Dilnoza Akramova hamda Namangan davlat pedagogika instituti yoshlar yetakchisi Masturaxon Nabixonova va universitetning iqtisodiyot yo‘nalishi talaba qizlari ishtirok etdi.
Qizg‘in fikr-mulohazalar va savol-javoblar bilan o‘tkan ushbu davra suhbatida, davlat fuqarolik xizmatiga yoshlarni jalb qilish, ayniqsa, xotin-qizlar faolligini oshirish, jamiyatda xotin-qizlarning siyosiy- huquqiy madaniyatni yuksaltirish, shaxsiy samaradorlik orqali muvaffaqiyatga erishish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi