Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Adliya vaziri Chortoq tumanida bo‘ldi.


Adliya vaziri aholiga arxiv sohasida davlat xizmatlari koʻrsatish sifati, Chortoq tumani davlat arxivining moddiy texnik bazasi, hujjatlarning saqlanish holati, mavjud arxiv hujjatlarini raqamlashtirish jarayonlari bilan tanishib,mavjud muammolarni oʻrgandi. Texnik taʼminot bilan bogʻliq ayrim masalalar tez fursatlarda hal etilishi belgilandi.


O‘rganish davomida  “Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini taʼminlash hamda ulardan foydalanish” axborot tizimiga maʼlumotlarni kiritilishi bo‘yicha ishni tez va samarali olib borish maqsadida arxiv xodimlari bilan suhbatlashib, xodimlar tomonidan ishni to‘g‘ri tashkil etilishi, uning natijadorligini oshirish yuzasidan  tegishli takliflar va tavsiyalarni berdi.

Shuningdek, tumandagi sektor rahbarlari bilan birgalikda  “Mustaqillik” mahallasidagi “Mahalla yettiligi” bilan uchrashuv o’tkazildi. Unda, adliya boʻlimlari tomonidan MFY xodimlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar, shu jumladan, huquqiy muammolarini aniqlash va bartaraf etish masalalari muhokama qilinib, ijobiy amaliyot taqdimoti oʻtkazildi.

Mahalla fuqarolarini muammosini aniqlashda adliya bo‘limi mahalladagi yettilik bilan hamkorlikda ish olib borish yaxshi samara berishi ta'kidlandi. 

Shuningdek, adliya vaziri aniqlangan muammolar online-mahalla platformasiga kiritilgandan so‘ng, uni ijrosi qattiq nazorat qilinishi aytib, "ho‘jako‘rsinga" ish tashkil qilish, aholini uyma-uy o‘rganishni nomigagina   olib borish mumkin emasligini aytib, aniq maqsad va rejalarni belgilab berdi. 


Namangan viloyat adliya boshqarmasi