Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Ayni vaqtda Adliya vaziri Namanganda bo‘lib turibdi.


Dastlab,  Namangan shahridagi “Chaman” mahallasida “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi 
Adliya vaziri Akbar Tashqulov “Mahalla yettiligi” bilan o’tkazilgan uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ihcham boshqaruv tizimini shakllantirishga qaratilgan farmonida belgilangan vazifalar ijrosi bilan tanishdi.


Namangan shahar adliya bo’limi boshlig’i tomonidan o’tkazilgan taqdimotda uyma-uy o’rganishlar davomida aniqlangan mavjud muammo va masalalar, aniqlangan huquqiy muammolar, hal etilgan murojaatlar, adliya bo’limi ish yurituviga olingan murojaatlarning qonuniy ko’rib chiqilayotganligi bo’yicha amalga oshirilgan ishlarga to’htaldi.

Shuningdek, adliya vaziri tomonidan mazkur farmonning aholini kundalik hayotida uchrayotgan huquqiy muammosiga yechim topib ularni huquqiy savodxonligini oshirishga  alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi.

undan tashqari, Adliya vaziri “Adliya mahalla” va “Online mahalla” platformalaridan foydalanish jarayonlari bilan tanishib, ishlarni toʻgʻri tashkil etish, xato-kamchiliklarga yoʻl qoʻymaslik hamda belgilangan talablarga qatʼiy amal qilish boʻyicha koʻrsatmalarni berdi.

Shu kuni mazkur mahallada “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun bo’yicha ham fikr-mulohaza almashildi.
Adliya vaziri tomonidan qanday toifadagi mulklarga mulk huquqi e’tirof etilishi, ko‘chmas mulklar qanday shartlar asosida qonuniylashtirilishi, huquqlarni e’tirof etishning asosiy shartlari haqida batafsil ma’lumotlar hamda Qonun ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlash yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.

Ma’lumot uchun: Namangan shahridagi “Chaman” mahallasida 5375 nafar aholi istiqomat qiladi. Ularning 700 nafardan ortig'i tadbirkorlik faoliyati bilan 40 ga yaqin hurnarmand-ustalar esa duradgorlik bilan shug’ullanadi. 


Namangan viloyati adliya boshqarmasi