Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Hayʼat majlisi


Unda, Namangan viloyati adliya boshqarmasi, Namangan viloyati FHDY arxivi, idoraviy notarial arxivi, tuman (shahar) adliya bo’limlari, Yuridik xizmat ko’rsatish markazi, davlat xizmatlari markazi, shuningdek FHDY bo’limining xodimlari ishtirok etdi. 


Yig’ilishda, boshqarma va tuman, shahar adliya bo’limlari tomonidan 2024-yilning 3-choragida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tahlil qilindi. 

Hisobot davrida boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan yuklatilgan vazifalar ijrosi bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirildi.

Xususan, mahalliy davlat hokimiyati organlarining 
normativ-huquqiy tusdagi 119 ta hujjat loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lsa, 86 ta hujjat loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmasdan ijrochiga qaytarildi. Kelib tushgan jami 5 956 ta murojaatlarning 4 199 ta, ya’ni 70 foizi qonuniy hal etildi. 

Qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha 782 ta taqdimnoma, 551 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida takliflar kiritildi, natijada 536 nafar shaxs ma’muriy hamda 114 nafar shaxslar intizomiy javobgarlikka tortildi.

Sudlarga 36,3 milliard so‘mlik 552 ta da’volar kiritilib, 36,2 milliard so‘mlik 518 ta da’volar qanoatlantirildi. 

Shuningdek, 917 ta noqonuniy hujjatlar bekor qilindi, 1797 ta hujjat qonunchilikka muvofiqlashtirildi, 103 milliard 546 million. so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarildi. 574 ta tadbirkorning huquqi tiklangan.  

Aholining huquqiy ongini oshirish bo‘yicha 18 mingdan ortiq targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Davlat xizmatlari markazlari tomonidan 815 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Majlis so‘nggida 2024-yilning yakuniga qadar amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar va rejalar belgilab olindi.


Namangan viloyat adliya boshqarmasi