Янгиликлар
Adliya aralashuvi bilan tadbirkor foydasiga 471 mln so'mdan ortiq qarzdorlik undirib berildi!
“Yangiqo‘rg‘on mega yo‘l qurilish” masʼuliyati cheklangan jamiyatining Yangiqo'rg'on tuman adliya bo'limiga “Yangiqo‘rg‘on tuman yo‘llardan foydalanish” davlat muassasasidan 471 498 358 so'm qarzdorlik undirib berish yuzasidan qilgan murojaati o'rganib chiqildi.
Ma'lum bo'lishicha, taraflar o‘rtasida 2023-yil 5-yanvarda 1-sonli transport-ekskavator xizmati bo‘yicha shartnoma tuzilgan. Shartnoma shartlariga muvofiq, “Yangiqo‘rg‘on mega yo‘l qurilish” MCHJ “Yangiqo‘rg‘on tuman yo‘llardan foydalanish” davlat muassasasining buyurtmasiga ko‘ra ishlarni bajarishi, muassasa esa bajarilgan ishlar sifatini tekshirib qabul qilib olish hamda qiymatini to‘lab berish majburiyatini olgan.
Biroq, “Yangiqo‘rg‘on mega yo‘l qurilish” MCHJ tomonidan shartnoma shartlarida nazarda tutilgan ishlar bajarib berilgan bo'lsada, “Yangiqo‘rg‘on tuman yo‘llardan foydalanish” davlat muassasasi tomonidan bajarilgan ishlar qiymati to'lab berilmagan, natijada 471 498 358 qarzdorlik vujudga kelgan.
Yuqorida ko'rsatilgan holatlarni inobatga olgan holda, adliya bo'limi tomonidan “Yangiqo‘rg‘on mega yo‘l qurilish” MCHJning manfaatlarini himoya qilish maqsadida, Iqtisodiy ishlar bo'yicha Yangiqo'rg'on tumanlararo sudiga qarzdorlikni undirib berish yuzasidan da'vo arizasi kiritildi.
Buning natijasida, Iqtisodiy ishlar bo'yicha Yangiqo'rg'on tumanlararo sudining 2024-yil 29-oktabrdagi 4-1601-2401/5038-sonli hal qiluv qaroriga asosan, “Yangiqo‘rg‘on tuman yo‘llardan foydalanish” davlat muassasasi hisobidan “Yangiqo‘rg‘on mega yo‘l qurilish” MCHJ foydasiga 471 498 358 so‘m qarzdorlik undirish belgilandi.
TEMURMALIK TO‘LQINOV
Yangiqo‘rg‘on tuman adliy bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti