Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2024-yilning 9 oyligi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni tahlili yuzasidan ma'lumot


Namangan viloyat adliya boshqarmasiga 2024-yilning 9 oyligi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganda quyidagilar aniqlandi.

2024-yilning 9 oyligi davomida Namangan viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʻlimlariga jismoniy va yuridik shaxslardan 5 956 ta murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlarning 4 199 tasi hal etilib, shundan 2 432 ta murojaat qanoatlantirilgan, 1 767 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan va 41 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, jami kelib tushgan murojaatlarning 387 tasi tegishliligi boʻyicha, 1 062 tasi hal etish uchun tuman (shahar) adliya boʻlimlariga yuborilgan.

I. Boshqarmaning markaziy apparatiga kelib tushgan murojaatlarni (yozma, ishonch telefoni, sayyor qabul va virtual) koʻrib chiqish natijalari.

Viloyat adliya boshqarmasi markaziy apparatiga 2024-yilning 9 oyligi davomida 2 156 ta murojaatlar (903 ta shikoyat, 1253 ta ariza) kelib tushdi.

Kelib tushgan murojaatlarning sohalar kesimida tahlili:

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qoʻllash amaliyotiga oid - 120 ta;

Inson huquqlarini himoya qilishga oid – 783 ta;

Notariat va advokaturaga oid – 176 ta;

Yuridik xizmatlar faoliyatiga oid – 59 ta;

Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid – 17 ta;

Davlat xizmatlarini koʻrsatishga oid – 941 ta;

boshqa sohalarga oid – 60 ta.

 

Murojaatlarning 800 tasi hal etilib, shundan 319 tasi (40 %) qanoatlantirildi, 481 tasiga (60 %) huquqiy tushuntirish berildi.

Kelib tushgan jami (2 156 tadan) murojaatlarning 310 tasi (14%) tegishliligi boʻyicha, 1 062 tasi (50 %) hal etish uchun tuman (shahar) adliya boʻlimlariga yuborilgan va 29 tasi (1,4%) koʻrmasdan qoldirilgan.

Xususan,

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qoʻllash amaliyotiga oid – 30 foizi (36 ta);

Inson huquqlarini himoya qilishga oid – 22 foizi (178 ta);

Notariat va advokaturaga oid – 7 foizi (11 ta);

Yuridik xizmatlar faoliyatiga oid – 6 foizi (4 ta);

Davlat xizmatlarini koʻrsatishga oid – 6 foizi (56 ta);

boshqa sohalarga oid – 57 foizi (34 ta) murojaatlardagi vajlar oʻz tasdigʻini topganligi sababli qanoatlantirildi.

 

 

Qanoatlantirilgan murojaatlar asosida turli idoralarga 55 ta taqdimnoma,
40 ta ma’muriy taklif, 18 ta (6 789 523 ming soʻmlik) da’vo arizalari kiritilgan.

Qoʻllanilgan ta’sir choralari natijasida 14 869 104 ming soʻm pul mablagʻlari undirildi. Shuningdek, 30 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, 182 ta hujjat bekor qilindi.

Kelib tushgan murojaatlarni 61 tasini koʻrib chiqishda mutaxassislar jalb qilindi, shuningdek 48 tasi joyiga chiqib oʻrganildi.

II. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va xalq qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha:

Boshqarmaga hisobot davri mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va xalq qabulxonasi orqali jami 1 032 ta murojaatlar kelib tushdi.

Kelib tushgan murojaatlarning 948 tasi (88 %) hal etilgan, 28 tasi (3 %) ko‘rmasdan qoldirilgan, 56 tasi (5 %) esa tegishliligiga ko‘ra yuborilgan, 26 tasi (4 %) ish yurituvida.

Hal etilgan murojaatlarning 248 tasi (27 %) qanoatlantirilgan, 674 tasi (73%) boʻyicha huquqiy tushuntirish berilgan.

1. Inson huquqlarini himoya qilish sohasida.

Inson huquqlarini himoya qilish sohasiga oid jami 783 ta (390 ta shikoyat, 393 ta ariza) murojaat kelib tushgan.

Murojaatlarning 346 tasi (44%) hal etilib, shundan 150 tasi (45%) qanoatlantirildi, 196 tasiga (56%) huquqiy tushuntirish berilgan. Shuningdek, murojaatlarning 193 tasi (25%) tegishliligi boʻyicha, 256 tasi (32%) hal etish uchun tuman (shahar) adliya boʻlimlariga yuborilgan va 17 tasi (2%) koʻrmasdan qoldirilgan.

Shikoyatlarni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar boʻyicha 23 ta taqdimnoma, 18 ta ma’muriy taklif, sudlarga
13 ta (4 022 803 ming soʻmlik) da’vo arizalari kiritilgan.

Mazkur ta’sir choralarining natijalari yuzasidan 12 878 964 ming soʻm pul mablagʻlari qaytarildi. Shuningdek, 18 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, 158 ta hujjat bekor qilingan yoxud qonunchilikka muvofiqlashtirilgan.

Mazkur sohadagi tahlil, shikoyatlarning quyidagi sohalar boʻyicha kelib tushganligini koʻrsatadi:

- mehnat nizolari yuzasidan 116 ta;

- taʼlimga doir qonun hujjatlari yuzasidan 16 ta;

- ijtimoiy himoyaga doir qonun hujjatlari yuzasidan 20 ta;

- uy-joyga doir qonunlar yuzasidan 34 ta;

- kommunal toʻlovlar yuzasidan 10 ta;

- soliq sohasiga oid qonun hujjatlari yuzasidan 12 ta;

- yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan 21 ta;

- banklar faoliyatiga doir qonun hujjatlari yuzasidan 4 ta;

- sud qarorlari yuzasidan 7 ta;

- prokuratura organlari faoliyatiga doir 12 ta;

- ichki ishlar organlari faoliyatiga oid 15 ta;

- boshqa masalalar yuzasidan 122 ta.

2. Notariat va advokatura sohasida.

 

Notariat va advokatura sohasida jami 185 ta (82 ta shikoyat, 103 ta ariza) murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 149 tasi (83%) hal etilgan boʻlib, shundan 11 tasi (8%,) qanoatlantirildi, 138 tasiga (92%) huquqiy tushuntirish berilgan, 27 tasi (15%) tegishliligi boʻyicha koʻrib chiqish uchun boshqa tashkilotlarga yuborilgan va 3 tasi (2%) koʻrmasdan qoldirilgan.

Shikoyatlarning xususiyati boʻyicha:

- advokaturaga oid 24 ta;

- notariatga oid 58 ta.

III. Tuman (shahar) adliya boʻlimlariga kelib tushgan murojaatlarni (yozma, ishonch telefoni, sayyor qabul va virtual) koʻrib chiqish natijalari.

Tuman (shahar) adliya boʻlimlariga jismoniy va yuridik shaxslardan
3 800 ta (2 278 ta shikoyat, 1522 ta ariza) murojaatlar kelib tushgan.

Murojaatlarning 3 399 tasi hal etilgan, shundan 2 139 ta murojaat qanoatlantirilgan, 1 260 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 19 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, 155 tasi tegishliligi boʻyicha yuborilgan va 227 tasi ish yurituvida qolgan.

Shikoyatlar boʻyicha:

2024-yilning 9 oyligi davomida jami 2 278 ta shikoyat kelib tushgan. Ushbu shikoyatlardan 2 062 tasi (90%) hal etilgan, 52 tasi (3%) taalluqliligi boʻyicha belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun boshqa idoralarga yuborilgan,
3 tasi (1%) koʻrmasdan qoldirilgan va 158 ta (6%) shikoyat ish yurituvida qolgan.

Hal etilgan shikoyatlarning 1501 tasi (73 %) qanoatlantirilgan, 561 tasiga
(27 %) huquqiy tushuntirish berilgan.

Shikoyatlarni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar boʻyicha 203 ta taqdimnoma, 85 ta ma’muriy taklif, sudlarga
485 ta (20 905 255 000 soʻmlik) da’vo arizalari kiritilgan.

Mazkur ta’sir choralarining natijalari yuzasidan 44 888 876 158 soʻm pul mablagʻlari qaytarildi. Shuningdek, 80 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka hamda 2 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, 203 ta hujjat bekor qilindi.

Kelib tushgan shikoyatlarning xususiyati boʻyicha:

- mehnat nizolari yuzasidan 575 ta (370 tasi oylik ish haqi olish masalasida);

- ta’limga doir qonun hujjatlari yuzasidan 53 ta;

- ijtimoiy himoyaga oid qonun hujjatlari yuzasidan 225 ta;

- uy-joy masalasida 313 ta;

- kommunal toʻlovlar yuzasidan 28 ta;

- soliq sohasiga oid qonun hujjatlari yuzasidan 35 ta;

- yerga doir masalalar boʻyicha 56 ta;

- banklar faoliyatiga doir 6 ta;

- davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida 56 ta;

- yuridik xizmatga doir qonun hujjatlari yuzasidan 12 ta;

- prokuratura faoliyatiga oid 1 ta;

- adliya organlari xodimlari xatti-harakati yuzasidan 1 ta;

- boshqa masalalar boʻyicha 917 tani tashkil etmoqda.

Arizalarning koʻrib chiqilishi boʻyicha:

2024-yilning 9 oyligi davomida jami 1 522 ta ariza kelib tushgan. Mazkur arizalarning 1 337 tasi (88 %) hal etilgan,  103 tasi (7 %) taalluqligi boʻyicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 13 tasi (1 %) koʻrmasdan qoldirilgan va 69 tasi (4%) ish yurituvida qolgan.

Hal etilgan arizalarning 638 tasi (48 %) qanoatlantirilgan, 699 tasiga
(52 %) huquqiy tushuntirish berilgan.

Arizalarning xususiyati boʻyicha:

qonun hujjatlariga tushuntirish berish yuzasidan 83 ta;

kadrlar masalasida 2 ta;

boshqa masalalarda 1437 ta arizalar kelib tushgan.

IV. Boʻlimlar tomonidan oʻtkazilgan shaxsiy va sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha:

Boʻlimlar tomonidan jami qabullar davomida 2 690 ta murojaat qayd qilingan boʻlib, shulardan 901 tasi sayyor qabul paytida, 1 789 tasi shaxsiy qabul jarayonida qabul qilingan.

Shaxsiy va sayyor qabullar davomida kelib tushgan murojaatlarning
2 482 tasi (92.2%) hal etilib, shundan 1 596 tasi (64%) qanoatlantirilgan, 886 tasiga (36%) tushuntirish berilgan, 83 tasi (3%) taalluqliligi boʻyicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 9 tasi (0.3%) koʻrmasdan qoldirilgan.

 

V. Boʻlimlar tomonidan murojaatlarni qanoatlantirish darajasi boʻyicha:

Qanoatlantirilgan shikoyatlar foizi yuqoriligi boʻyicha:

- Kosonsoy tumani (hal etilgan 60 ta, qanoatlantirilgan 55 ta (91 %);

- Norin tumani (hal etilgan 115 ta, qanoatlantirilgan 100 ta (87 %);

- To‘raqo‘rg‘on tumani (hal etilgan 298 ta, qanoatlantirilgan
264 ta (86 %);)

- Chortoq tumani (hal etilgan 161 ta, qanoatlantirilgan 135 ta (84 %);

- Uchqo‘rg‘on tumani (hal etilgan 115 ta, qanoatlantirilgan 91 ta (79 %).

 

Qanoatlantirilgan shikoyatlar foizi nisbatan pastligi boʻyicha:

- Pop tumani (hal etilgan 227 ta, qanoatlantirilgan 134 ta (59%)

- Namangan shahar (hal etilgan 271 ta, qanoatlantirilgan 146 ta (53%);

- Davlatobod tumani hal etilgan 109 ta, qanoatlantirilgan 56 ta (51 %).

Yuqoridagilardan kelib chiqib, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda murojaatlarni koʻrib chiqishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan quyidagi takliflar bildiriladi:

1. Murojaatlarni koʻrib chiqishda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya qilib borish;

2. Kelib tushgan murojaatlarning toʻliq va sifatli hal etilishini ta’minlash maqsadida ularni joyiga chiqib oʻrganish amaliyotini kuchaytirish;

3. Boshqarmaning tarkibiy boʻlinmalari va sohalar boʻyicha mas’ullar har chorakda shikoyatlar koʻpaygan sohalarni oʻrganib, sabablarini tahlil qilib, muammolarni bartaraf etish yuzasidan rahbariyatga va yuqori turuvchi idoralarga tegishli takliflar kiritish;

4. Murojaatlar koʻp tushayotgan hududlarda sayyor qabullarni oʻtkazish jarayonida masalani joyida hal qilish choralarini koʻrish, bunda tegishli mutasaddi tashkilotlar hamkorligida ish tashkil etish;

5. Har chorak yakunlari boʻyicha shikoyatlar koʻpayish sabablarini umumlashtirish va yigʻilishlarda muhokama qilish, qolaversa Sektorlar yigʻilishlarida muhokama qilish choralarini koʻrish;

6. Tegishliligi boʻyicha yuborilayotgan murojaatlarni tahlil qilgan holda ularning oshib borish tendensiyalariga eʻtibor qaratib, muammoning yechimini topish va kelgusida bu kabi murojaatlarning kamayishiga erishish choralarini koʻrish;

7. Boshqarma va uning tarkibiy boʻlinmalari, tuman (shahar) adliya boʻlimlari xodimlari tomonidan qonun hujjatlarini targʻib qilish jarayonida shikoyatlar koʻpaygan sohadagi qonun hujjatlari normalarini targʻib qilishga alohida e’tibor berish, bunda ommaviy axborot vositalari orqali muammoli masalalar boʻyicha chiqishlar va maqolalarni chop etish choralarini koʻrish.

8. Virtual qabulxona orqali yuborilayotgan murojaatlarni toʻgʻridan-toʻgʻri vakolatli organga yuborishga alohida e'tibor qaratish hamda murojaatni koʻrib chiqish uchun 15 kundan kam boʻlmagan muddat belgilash.





Rejalashtirish va nazorat-tahlil shoʻbasi