Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi


2024-yil 25-oktyabrda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-982-son Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi.

Mazkur Qonnning qabul qilinishi mazkur Qonunning qabul qilinishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasidagi ijro etuvchi hokimiyatning eng oliy va muhim organ ekanligini belgilab berdi.

Unga koʻra, Vazirlar Mahkamasi – ijro etuvchi hokimiyatning oliy organi boʻlib, iqtisodiyotning, ijtimoiy va maʼnaviy sohalarning samarali faoliyat koʻrsatishiga rahbarlik qilishni, Konstitutsiya va qonunlar, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini taʼminlaydi.

Taʼkidlash kerakki, Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekistonda ijro etuvchi hokimiyatning yagona tizimiga rahbarlik qiladigan kollegial organdir.

Mazkur Qonunga asosan Vazirlar Mahkamasi oʻz faoliyatida Oliy Majlis va Prezident oldida javobgardir.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaxlit tizimiga vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalar kiradi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Hukumatining aʼzolari – Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari va vazirlardan iboratdir. Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumatining boshligʻi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga oʻz lavozimi boʻyicha kiradi.

 

Uchqoʻrgʻon YUXKM bosh yuriskonsulti
Gulnora Karimjonova